Jamiyat

Sardoba suv ombori nega oʻpirilgani haqida rasmiy xulosa eʼlon qilindi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaSituatsiya v Sыrdarinskoy oblasti, gde proizoshel prorыv dambы na Sardobskom vodoxraniliщe
Situatsiya v Sыrdarinskoy oblasti, gde proizoshel prorыv dambы na Sardobskom vodoxraniliщe - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.04.2021
Olib borilgan tadqiqot va tahlillar natijasiga koʻra, toʻgʻon oʻpirilishiga bir qator omillar sabab boʻlganligi aniqlandi
TOSHKENT, 30 apr - Sputnik. Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi oʻrinbosari, general-mayor Abdulla Qoʻldoshevning maʼlum qilishicha, olib borilgan tadqiqot va tahlillar natijasiga koʻra, toʻgʻon oʻpirilishiga bir qator omillar sabab boʻlganligi aniqlangan.
Birinchidan, Suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan buyurtmachi xizmatini tashkil etish, loyihalashtirish va qurilish ishlarini olib borishda masʼuliyatsizlikka yoʻl qoʻyilgan; inshootni toʻlaqonli ekspluatatsiya qilishda mazkur suv omboridan foydalanish qoidalari tasdiqlanmagan, bu jarayonda belgilangan texnik va meʼyoriy talablar qoʻpol ravishda buzilgan.
Jiteli maxalli Birlik Sardobinskogo rayona, Sыrdarinskoy oblasti - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.12.2020
Jamiyat
Sardoba suv omboridan jabr koʻrgan hududlarda kasbga oʻqitish maskanlari tashkil etildi
Ikkinchidan, “UzGip” MCHJ loyiha tashkiloti tomonidan suv omborining ishchi loyiha hujjatlarini tayyorlash jarayonida tasdiqlangan Texnik-iqtisodiy asoslarda belgilangan yechimlarga rioya qilinmasdan, unga oʻzboshimchalik bilan oʻzgartirishlar kiritilgan. Ishchi loyiha hujjatlarida toʻgʻonning konstruktiv va seysmik mustahkamligi inobatga olinmagan.
Uchinchidan, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning pudrat tashkiloti va yordamchi pudrat tashkilotlari tomonidan toʻgʻon tanasi tuprogʻining zichligi, filtr va himoya tosh qatlami qalinligi loyihaviy koʻrsatkichdan past boʻlishiga yoʻl qoʻyilgan.
Posledstviya prorыva na Sardobinskom vodoxraniliщe - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.06.2020
Iqtisod
Sardobada toshqini oqibatlarini bartaraf etishga qancha mablagʻ ajratilgani maʼlum boʻldi
Sardoba suv omborining loyihalashtirish, qurish va toʻgʻonning ekspluatatsiyasi jarayonida xato va kamchiliklarga yoʻl qoʻyilganligi holati boʻyicha buyurtmachi, loyihachi, qurilish tashkilotlari hamda ekspluatatsiya xizmatining 17 nafar mansabdor va mutasaddi shaxslari jinoiy javobgarlikka tortilgan.
Ayni paytda ularga nisbatan ayblov xulosasi Oliy sud muhokamasiga oʻtkazilgan.
Hozirgi vaqtda esa suv omborini qurish uchun ajratilgan byudjet mablagʻlarining qonuniy sarflanganligi yuzasidan jinoyat ishi doirasida taftish va tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Vʼyezd v poselok Sardoba, postradavshiy ot navodneniya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.06.2020
Sardobada suv ostida qolgan qabristonlarning manzilli xaritasi tuzildi
Mazkur voqeaga daxldor barcha mansabdor shaxslarning xatti-harakatlariga yaqin kunlarda sud tomonidan huquqiy baho beriladi va bu haqda jamoatchilikka qoʻshimcha maʼlumot beriladi.
Eslatib oʻtamiz, Sardoba suv omborining yemirilishi natijasida oʻtgan yilning 1 may kuni suv toshqini yuz bergan va bir necha aholi punktlari, bino-inshootlar talafot koʻrgan hamda olti kishi ushbu hodisa qurboniga aylangan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala