Dunyoda

"Sputnik V" yaratuvchilari Braziliya nazorat organini sudga beradi

© SputnikVaktsinatsiya Sputnik V
Vaktsinatsiya Sputnik V - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.04.2021
Asoslanmagan va yolgʻon maʼlumot tarqatgani uchun "Sputnik V" yaratuvchilari Braziliya nazorat organi Anvisani sudga beradi.
TOSHKENT, 30 apr – Sputnik. "Sputnik V" vaktsina ishlab chiqaruvchilari Braziliya dori-darmonlarni nazorat qiluvchi organi - Anvisani yolgʻon maʼlumot tarqatgani uchun sudga beradi, deb habar qilmoqda "Sputnik V" rasmiy Twitter sahifasi.
“Braziliya nazorat organi "Sputnik V" vaktsinasini sinovdan oʻtkazimaganini tan oldi. Biz ataylab yolgʻon va noaniq maʼlumot tarqatgani uchun Anvisa ustidan Braziliya sudiga murojaat qilmoqchimiz”, - deyilgan xabarda.
Eslatib oʻtamiz, dushanba kuni Braziliya dori darmon nazorat organi "Sputnik V" vaktsinasini mamlakatga olib kirishga ruxsat bermagan edi. Ushbu mavzuga bagʻishlangan majlisda muassasa vakillari vaktsinaning xavfsizligi va samaradorligini shubha ostiga qoʻyuvchi maʼlumotlarni keltirib, uni mamlakatga olib kirishni taʼqiqlab qoʻyishgan edi.
Undan bir necha kun oʻtib Anvisaning dori-darmon boʻlimi menedjeri Gustavo Mendes, mahalliy CBN nashriga nazoratchi organ Rossiya vaktsinasini “sinov uchun olmaganini va sinovdan oʻtkazmaganini” maʼlum qilgan.
Eslatib oʻtamiz, bugungi kunda "Sputnik V" vaktsinasi dunyoning 60dan ortiq mamlakatlarida roʻyxatdan oʻtkazilgan. Vaktsina bilan emlanganganlar soni 11 milliondan oshib ketgan. Vaktsina 93%dan yuqori samaradorlik darajasi namoyish qilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala