Tojikistonlik va qirg‘izistonlik migrantlar Rossiyada mojarodan ogohlantirildi

© Korbaroni FeysbukV Isfare vspixnul ocherednoy konflikt mejdu jitelyami Kirgizstana i Tadjikistana
V Isfare vspixnul ocherednoy konflikt mejdu jitelyami Kirgizstana i Tadjikistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.04.2021
Obuna bo‘lish
Mehnatkash migrantlar kasaba uyushmasi raisi Renat Karimov tojik-qirg‘iz chegarasida yuz bergan mojaroni anglashilmovchilik, deya atadi
TOShKENT, 30 apr - Sputnik. Rossiya hududida bo‘lib turgan tojikistonlik va qirg‘izistonlik mehnat muhojirlari o‘rtasida mojaro yuz bermasligi lozim. Bu haqda "Obshestvennaya slujba novostey"ga bergan intervyusida Mehnatkash migrantlar kasaba uyushmasi raisi Renat Karimov aytib o‘tgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, tojik-qirg‘iz chegarasida avj olgan mojaro "qayg‘uli anglashilmovchilikdir". Karimov ikkala davlat fuqarolari ham tinch-totuv yashashlari kerak, deya ta’kidlab o‘tdi.
Prezident Kirgizstana Sadir Djaparov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.04.2021
Mirziyoyev va Japarov qirg‘iz-tojik chegarasidagi vaziyatni hal qilishni muhokama qildi
"Qirg‘izlar va tojiklar o‘rtasida Rossiyada hech qanday to‘qnashuvlar bo‘lmagan, bo‘lmaydi va bo‘lishi ham mumkin emas. Ikkalasi ham tinch xalq va allaqanday "razborka"larni hech kim uyushtirmaydi", - dedi Karimov.
Sal avval Tojikiston va Qirg‘iziston kuni kecha navbatdagi mojaro avj olgan chegara hududidan o‘z qo‘shinlarini olib ketishni boshlaganlari ma’lum bo‘ldi.
Mojaroni tinchlik yo‘li bilan bartaraf etish masalasini nafaqat ikki davlat milliy xavfsizlik davlat qo‘mitalari rahbarlari va TIV vakillari, balki prezidentlar Emomali Rahmon va Sadir Japarovlar ham muhokama qilishgan edi. Ular diplomatik va tinch yechim topish zarurati haqida gapirishdi.Bundan tashqari, davlat rahbarlari Dushanbeda uchrashishga kelishib oldilar, bu uchrashuv taxminan may oyining ikkinchi yarmida bo‘lib o‘tishi belgilangan.
Pogranichnik na uchastke granisi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.04.2021
Tojik-qirg‘iz chegarasida otishmani to‘xtatishga kelishib olindi
May oyining boshida Qirg‘izistonning Batken viloyatida tojik-qirg‘iz davlat chegarasi delimitatsiyasi va demarkatsiyasi bo‘yicha hukumatlararo komissiya sammiti bo‘lib o‘tadi.
Tojik va qirg‘iz aholi orasida mojaro 28-aprel kuni boshlangan edi. Tez orada oddiy janjal spesnaz va harbiylar aralashgan haqiqiy jangovar harakatlarga aylanib ketdi.
O‘tgan tunda tojik-qirg‘iz chegarasida tinchlik haqidagi kelishuvga qaramasdan otishma to‘xtamadi, ikkala tomondan ham qurbonlar soni oshdi, aholi uylari va infratuzilma obyektlari yonib ketgan.Qirg‘iziston Chegara qo‘shinlari ma’lumotiga ko‘ra, Qirg‘iziston tomonidan 13 fuqaro qurbon bo‘lgan va 134 nafari jarohatlangan. Undan tashqari Qirg‘iziston hududida o‘nlab aholi uylari, chegara zastavasi va AYoQSh yonib ketgan.
Tojikiston tomoni ma’lumotiga ko‘ra, bo‘lib o‘tgan voqealarda 8 kishi qurbon bo‘lgan 110dan ortiq odam yaralangan.
Ma’lumot uchun, Tojikiston va Qirg‘iziston orasidagi chegara chizig‘ining uzunligi 970 km ni tashkil qiladi, undan 504 km demarkatsiya qilinmagan. Jumladan, "Golovnoy" nomli suv tarqatish uzeli joylashgan hudud ham.
Yangiliklar lentasi
0