Madaniyat

Toshkentda "Xor Turetskogo" ijrosida Gʻalaba qoʻshiqlari jaranglaydi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Fotobankka oʻtishAktsiya "Pesni Pobedы" v aeroportu Vnukovo
Aktsiya Pesni Pobedы v aeroportu Vnukovo  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.04.2021
Rossiyaning mashhur xor jamoalari Toshkentda "Gʻalaba qoʻshiqlari" loyihasi dasturida begʻaraz kontsert oʻtkazadi.
TOSHKENT, 30 apr — Sputnik. Toshkentda “Gʻalaba qoʻshiqlari” loyihasi doirasida Rossiyaning mashhur xor jamoalari "Xor Turetskogo" va SOPRANO ishtirokida begʻaraz kontsert boʻlib oʻtadi, deb xabar qilmoqda Rossiyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi.
“Gʻalaba qoʻshiqlari” – bu avlodlar xotirasiga bagʻishlangan musiqali marafon boʻlib, u butun dunyoni birlashtiradi. Loyiha avlodlar va davrlarni bogʻlash, ajdodlarimizning Ulugʻ Vatan urushida koʻrsatgan qahramonligi haqidagi xotiralarni abadiylashtirishga bagʻishlangan”, - deyilgan rasmiy press-relizda.
Kontsert tadbiri 1 may kuni soat 20:00 da Istiqlol saroyi oldida boshlanadi. Kirish bepul. Kontsert dasturidan urush yillarining sevimli qoʻshiqlari “Katyusha", "Smuglyanka" "Buxenvald bongi" va boshqalar oʻrin olgan.
Oʻtgan yillarda ushbu loyiha Isroil, AQSH, Kanada, Germaniya, Frantsiya, Chexiya, Vengriya, Polsha, Avstriya, Italiya, Rossiya, Belarus, Sloveniya, Xitoy, Slovakiya va Bolgariyada boʻlib oʻtgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala