Siyosat

YEXHT xalqaro huquq sohasida Oʻzbekistonga yordam berishga tayyor

© Press-slujba Upravleniya Musulman UzbekistanaAkmal Saidov
Akmal Saidov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.05.2021
YEXHT DIIHB direktori Oʻzbekistonga qonun loyihalarini ekspertizadan oʻtkazishda, BMT ayrim konventsiyalarini ratifikatsiya qilishda yordam beradi.
TOSHKENT, 1 may - Sputnik. Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YEXHT) Demokratik institutlar va inson huquqlari boʻyicha byurosi (DIIHB) direktori Matteo Mekachchi bilan uchrashdi.
Akmal Saidov yevropalik mehmonga Oʻzbekistonda demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari hamda inson huquqlari sohasida Oʻzbekistonning xalqaro majburiyatlariga amal qilayotgani haqida maʼlumot berdi.
Matteo Mekachchi Oʻzbekistonda xalqaro majburiyatlariga rioya etilishi boʻyicha Parlament komissiyasi tuzilganini va saylov tartib-taomillarini modernizatsiya qilish darajasiga yuqori baho berdi hamda boʻlajak prezident saylovida konstruktiv hamkorlikni davom ettirishdan manfaatdor ekanini bildirdi.
Shuningdek YEXHT vakili Oʻzbekistonda inson huquqlari va jamiyatni demokratlashtirishga taalluqli qonun loyihalarini ekspertizadan oʻtkazishda, BMT Nogironlar huquqlari toʻgʻrisidagi konventsiyasi hamda BMT Qiynoqlarga qarshi konventsiyasiga Fakultativ protokolni ratifikatsiya qilishida koʻmaklashishga tayyorligini taʼkidladi.oʻtkazishda koʻmaklashishga shayligini bildirdi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala