YeXHT xalqaro huquq sohasida O‘zbekistonga yordam berishga tayyor

© Press-slujba Upravleniya Musulman UzbekistanaAkmal Saidov
Akmal Saidov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.05.2021
Obuna bo‘lish
YeXHT DIIHB direktori O‘zbekistonga qonun loyihalarini ekspertizadan o‘tkazishda, BMT ayrim konvensiyalarini ratifikatsiya qilishda yordam beradi.
TOShKENT, 1-may - Sputnik. Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YeXHT) Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha burosi (DIIHB) direktori Matteo Mekachchi bilan uchrashdi.
Akmal Saidov yevropalik mehmonga O‘zbekistonda demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamda inson huquqlari sohasida O‘zbekistonning xalqaro majburiyatlariga amal qilayotgani haqida ma’lumot berdi.
Matteo Mekachchi O‘zbekistonda xalqaro majburiyatlariga rioya etilishi bo‘yicha Parlament komissiyasi tuzilganini va saylov tartib-taomillarini modernizatsiya qilish darajasiga yuqori baho berdi hamda bo‘lajak prezident saylovida konstruktiv hamkorlikni davom ettirishdan manfaatdor ekanini bildirdi.
Shuningdek YeXHT vakili O‘zbekistonda inson huquqlari va jamiyatni demokratlashtirishga taalluqli qonun loyihalarini ekspertizadan o‘tkazishda, BMT Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasi hamda BMT Qiynoqlarga qarshi konvensiyasiga Fakultativ protokolni ratifikatsiya qilishida ko‘maklashishga tayyorligini ta’kidladi.o‘tkazishda ko‘maklashishga shayligini bildirdi.
Yangiliklar lentasi
0