Jamiyat

Malibumi yoki Tahoe? Vazirlar va hokimlar necha pullik mashina minishi belgilandi

© Sputnik/ Ramiz BaxtiyarovKortej na dorogax Tashkenta
Kortej na dorogax Tashkenta - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.05.2021
Davlat boshqaruv organlari rahbarlari minadigan xizmat avtomobillari narxini cheklovchi qonun qabul qilindi. Xizmat avtomobillariga narxiga 171 milliondan 490 million soʻmgacha cheklov qoʻyildi.
TOSHKENT, 1 may – Sputnik. Mansabdorlarga xizmat avtoransport vositalarini biriktirish meʼyorlari tasdiqlandi, deb xabar qilmoqda Korruptsiyaga qarshi kurash qoʻmitasi.
2021 yil 29 aprelda “Davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlarida xizmat avtotransportlaridan foydalanish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi.
Unga koʻra, davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlarida xizmat avtoransport vositalarini biriktirish meʼyorlari tasdiqlandi. Jumladan:
490 mln soʻm yoki BHMning 2000 baravarigacha - vazirlar, davlat qoʻmitalari rahbarlari, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari;
367 mln. soʻm yoki BHMning 1500 baravarigacha - vazir va Toshkent shahar hokimi oʻrinbosarlari;
245 mln. soʻm yoki BHMning 1000 baravarigacha - tuman va shahar hokimlari;
171 mln soʻm yoki BHMning 700 baravarigacha - davlat boshqaruvi organlarining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar boʻlinmalari rahbarlari, shuningdek, tuman, shahar hokimi oʻrinbosarlari.
Shuningdek, davlat hokimiyati organlarida xizmat avtotransportidan kamida 5 yil foydalanilgandan soʻng yangisiga almashtirish va tizimidagi boshqa tashkilotlarga oʻtkazib berish belgilangan(foydalanishga yaroqsiz holga kelgan avtotransport vositalari bundan mustasno).
Klyuchi ot avtomobilya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.01.2019
Jamiyat
Eng yuqori koʻrsatkichga erishgan sektor rahbarlari avtomobil bilan taqdirlanadi
Undan tashqari, ushbu qarorga koʻra, davlat tashkilotlarida foydalanishda mavjud boʻlgan xizmat avtoransportlari ikki oy ichida xatlovdan oʻtkaziladi va belgilangan meʼyorlar boʻyicha limitdan ortiqcha boʻlgan xizmat avtotransport vositalari 2021 yil 1 avgustga qadar elektron auktsion savdolariga qoʻyiladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala