Mehnat migrantlari uchun 10-yillik elektron hujjat joriy etiladi

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Mediabankka o‘tishVidacha pervix patentov v Yedinom migratsionnom sentre Moskovskoy oblasti
Vidacha pervix patentov v Yedinom migratsionnom sentre Moskovskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.05.2021
Obuna bo‘lish
Rossiyada mehnat migrantlari uchun o‘zida barcha kerakli ma’lumotlarni mujassamlashtirgan 10-yillik elektron hujjat joriy etiladi - IIV.
TOShKENT, 1-may – Sputnik. Rossiyada uzoq muddat qolishni istagan xorijiy fuqarolar uchun 10-yillik elektron hujjat joriy etiladi. Bu haqida IIV TASS axborot agentligiga xabar qildi.
Elektron hujjatda xorijiy fuqaro haqida barcha kerakli ma’lumotlar himoyalangan ko‘rinishda saqlanadi. Hujjat muddati 10-yil bo‘lib undan so‘ng yangisiga almashtiriladi.
Rossiyada 90 kundan ortiq muddatga qolishni istagan barcha xorijiy fuqarolar, ularning maqsadi o‘qish, ish, davolanish va boshqa bo‘lishidan qat’iy nazar, ana shunday elektron hujjat rasmiylashtirishi kerak bo‘ladi.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, birinchi navbatda ushbu tizim Moskvada ishga tushadi. Ayni damda IIV tomonidan ushbu jarayonni amalga oshirish mexanizmi ishlab chiqilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, biroz oldin IIV Migratsiya xizmati rahbari Kazakova mehnat migrantlari uchun Rossiyaning “Gosuslugi” portali muqobili paydo bo‘lishi haqida ma’lum qilgan edi. Kazakova aytishiga ko‘ra migrantlar yangi platformadan mobil ilova shaklida foydalanishi mumkinligi va kerakli davlat xizmatlarini elektron ko‘rinishla olishlari mumkinligini xabar qilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0