Jamiyat

"Nihoyatda ogʻir joylardan keldik" - Mehr-5 operatsiyasi

Yaqin Sharq va Afgʻonistondan olib kelingan ayollar va bolalar sanatoriyaga joylashtirilib, u yerda ularga tibbiy yordam koʻrsatiladi.
TOSHKENT, 1 may – Sputnik. Kecha, 30 aprel kuni Toshkent shahriga Yaqin Sharq va Afgʻonistonning notinch hududlardan 93 nafar ayollar va bolalar olib kelindi.
Uzoq vaqt davomida ogʻir sharoitlarda, qochoqlar lagerlarida yashagan ayollar va bolalar Toshkent viloyatidagi “Boʻston” sanatoriyasiga joylashtiriladi. U yerda ularga tibbiy, psixologik va ijtimoiy yordam koʻrsatiladi. Shuningdek,ularning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarini rasmiylashtirish boʻyicha zarur ishlar amalga oshiriladi.
Muxbirlar savoliga javob berarkan, xorijdan qaytgan fuqarolar quyidagi agpalarni aytishdi:
“Dinni qidirib ketuvdim. Topolmay, mana alhamdu-lillah prezidentimiz qaytarib olib keldi bizlarni”
“2014 yilda ketgan edim. Menga xolis yordam bergan hamma insonlardan xursandman. Oʻtgan kunlar menga sinov boʻldi. Inshoolloh yangi hayot boshlayman, bolalarimni yaxshi tarbiyalayman degan niyatdaman”
“Nihoyatda ogʻir joylardan keldik. U yerga kirgandan keyin chiqib ketishning hech iloji boʻlmadi. Prezidentimizga shukur uyga qaytib keldik”
Vatandoshlar oib kelishini izohlar ekakn, Toshkent shahar bosh imom xatibi Xoliqnazarov Nuriddin ushbu “Mehr” operatsiyasi bir vaqtlar xato qilgan vatandoshlarni kechirish uchun amalga oshirilayotgan ulkan ishlarning biri ekanini qayd etdi. Mehr operatsiyasining Ramazon oyida oʻtkazilishida ham katta maziy maʼno bor. Ramazon oyida barcha insonlar bir-birini kechirishi, yordam koʻrsatishi kerak. Hozirgi kunda butun dunyo Oʻzbekiston rahbariyatining kechirimlilik, vatanparvarlik siyosatiga tasanno aytayapti, desak mubolagʻa boʻlmaydi, dedi imom xatib.
1/8
2/8
3/8
4/8
5/8
6/8
7/8
8/8
Maʼlumot uchun, shu kunga qadar amalga oshirilgan “Mehr” operatsiyalari doirasida, Suriya, Iroq va Afgʻonistonda nochor ahvolda yashagan 438 nafar ayollar va bolalar Oʻzbekistonga qaytarilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala