Iqtisod

Savdo, kosmos va turizm: YEOII bosh vazirlari sammiti yakunlari

© Sputnik / Aleksandr Astafyev / Fotobankka oʻtishPremyer-ministr RF M. Mishustin prinimayet uchastiye v zasedanii Yevraziyskogo mejpravitelstvennogo soveta
Premyer-ministr RF M. Mishustin prinimayet uchastiye v zasedanii Yevraziyskogo mejpravitelstvennogo soveta - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.05.2021
Qozonda 30 aprel kuni yakuniga yetgan YEOII bosh vazirlari sammitida ittifoqchi davlatlar orsaida savdo-sotiqni rivojlantirish, oziq–ovqat narxi oshishiga yoʻl qoʻymaslik, zarakunandalarga qarshi kurash hamda yagona kredlar bazasi haqida kelishib olindi.
TOSHKENT, 30 apr — Sputnik. YEOII davlatlari hamda Oʻzbekiston, Kuba, Moldova, Turkmaniston va Tojikiston bosh vazirlari Qozonda boʻlib oʻtgan Yevroosiyo Iqtisodiy komissiyasi majlisida quyidagi sohalarda hamkorlik qilishga kelishib olishdi.

Oziq-ovqat mahsulotlari narxi oshishiga qarshi kurash

Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin YEOII davlatlari bosh vazirlariga oziq-ovqat narxlarini hukumat darajasida nazorat qilishni yoʻlga qoʻyishni taklif qildi. Bundan maqsad – istelmol narxlari oshishini oldini olishdir. Birinchi navbatga gap qishloq xoʻjalik mahsulotlari haqida ketmoqda.
Flagi stran-uchastnits YEAES i gosudarstv-nablyudateley pri soyuze - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.04.2021
Iqtisod
YEOII: 2025 yilgacha strategiya rejasi tasdiqlandi
Ittifoq doirasida oziq-ovqat narxlarini jilovlab turish masalasi milliy hukumatlar darajasida nazorat qilinadi. Bu yerda gap bozor mexanizmlari va maʼmuriy uslublarni birgalikda qoʻllash haqida gap ketmoqda. Rossiya bosh vaziri aynan sunʼiy ravishda, oʻrtakash strukturalar tomonidan anrxlar koʻtarilishini nazarda tutgan edi, - deydi IMEMO RAN izlanishlar markazining iqtisod boʻlimi rahbari Yelena Kuzmina.
Mutaxassis aytishiga koʻra, bunday sharoitda har bir respublika mahsulotlar narxining maksimal darajasini belgilaydi va undan oshishiga yoʻq qoʻymaydi.
Darhaqiqiat, pandemiya oqibatida YEOII davlatlarida oziq-ovqatlar narxlari sezilarli darajada koʻtarilgan. Xususan shakar – 56,9%, kartoshka - 33,5%, oʻsimlik moyi – 29,5%.
YEIK raisi Mixail Myasnikovich aytishiga koʻra, narxlar oshishi bozorlarda defitsit bilan bogʻliq boʻlmagan. YEOII ushbu mahsulotlar bilan oʻzini oʻzi toʻliq taʼminlay oladi.

Yagona kosmik tizim

YEOII davlatlari yaqin 5 yil ichida umumiy kosmik tizim yaratish borasida ish olib boradi.
“Ushbu tizim bizning mamlakatlarimiz sputniklarin birlashtiruvchi, kosmik suratlarning yagona bazasini yaratuvchi hamda yerdagi qabul qiluvchi tizimlar bazasini birlashtirishni hamda ularni yangilash va zamonaviylashtirishni nazarda tutadi”, - deyilgan bayonotda.
Torgovlya Uzbekistana s YEAES - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.04.2021
Infografika
Oʻzbekiston va YEOII: kooperatsion hamkorlik uchun yangi imkoniyatlar
Ushbu global loyiha 2021 – 2025 yillarda amalga oshiriladi va u yuqorida qayd etilgan barcha yoʻnalishlarni yagona tizim sifatida boshqarish imkonini beradi. Bu kuzatuv olib borilayotgan hududlarni kengaytirish, kerakli maʼlumotlarni operativ ravishda olish imkonini beradi, dedi YEIK raisi oʻrinbosari Iya Malkina.
“Alohida davlatlar ushbu tizimning birinchi bosqichini amalga oshirishga kirishdi. Umid qilamizki buning natijasida 4-5ta yangi kosmik apparat ishlab chiqiladi”, - dedi Malkina.
Ayni damda YEOIIda kosmiy sohada Rossiya, Qozogʻiston va Belarus yetakchilik qilmoqda. KElajakda YEOIIning har bir davlati unda ishtirok etishi mumkin boʻladi.

Istalgan davlatda kredit olish imkoniyati

Yil oxirga qadar YEOII davlatlari “kredit tarixi” maʼlumot bazalari bilan almashadi.
“Bizning fuqarolarimiz va fridik shaxslarimiz YEOIIning barcha davlatlarida kredit olish imkoniga ega boʻladi. Banklar esa ular haqida barcha maʼlumotlarni tekshirish imkoniga ega boʻladi”, - dedi Mishustin.
Rossiya bosh vaziri aytishiga koʻra, bugungi kunda YEOII hududda yetakchi iqtisodiy uyushmaga aylanib bormoqda. Ayni damda 50 dan ortiq davlatdan savdo-sotiqda imtiyozlar berish haqida soʻrovnomalar olingan, dedi Mishustin.

Zararkunandalarga qarshi kurash

YEOII davlatlari fitosaniyatari xavfsizligiga katta eʼtibor berishmoqda. Ular xorijdan Ittifoq hududiga turli zararkunanda hashorotlar va viruslar olib kelish va ularning tarqalishini oldini olishga qarshi keskin kurash boshlagan. Xususan, pomidor jigarrang ajin virusi, mozaika pepino va pomidor dogʻli soʻlish virusi haqida alohida toʻxtalib oʻtildi.
Premyer-ministr RF M. Mishustin prinimayet uchastiye v zasedanii Yevraziyskogo mejpravitelstvennogo soveta - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.04.2021
Iqtisod
Oʻzbekiston YEIK bilan hamkorlik memorandumi imzoladi
“Bu juda jiddiy masala. Ekspertlar va ilmiy hamjamiyat tomonidan chuqur muhokama qilinishi kerak. Birgalikda ushbu viruslarni pomidor, urugʻlar va koʻchatlarda tarqalmasligini nazorat qilishimiz kerak”, - dedi Mishustin.
Oʻtgan yilda Qozogʻiston 8 ming tonna ana shunday mahsulotlarni chegarada “ushlab qolgan”.

COVIDsiz sayohat qilish

Mixail Mishustin aytishiga koʻra, "Puteshestvuy bez COVID" mobil dasturi Ittifoq davlatlari orasida yoʻlovchi tashishni tezroq va xavfsizroq amalga oshirish imkonini beradi.
“Bir qator mamlakatlarda, ayniqsa Yevropada koronavirusga chalinganlar soni oshayotgani tufayli, koronairusga qarshi kurashni susaytirib boʻlmaydi. Ushbu qulay dastur orqali stertifikatga ega boʻlgan laboratoriyalarda topishirilgan, COVID-test natijalarini kiritish mumkin”, - dedi Rossiya bosh vaziri.
Ayni damda ushbu loyihada Rossiya, Armaniston, Belarus, Qirgʻiziston ishtirok etmoqda. Yaqin orada Qozogʻiston ham qoʻshilishi kutilmoqda.
YEOIIning navbatda hukumatlararo kengashi 19-20 avgust kunlari Qirgʻizistonning Choʻlpon-ota shahrida boʻlib oʻtadi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala