Zaxarova Rossiya javob sanksiyalarini nima uchun kiritganini tushuntirib berdi

© SputnikOfitsialniy predstavitel MID Rossii Mariya Zaxarova
Ofitsialniy predstavitel MID Rossii Mariya Zaxarova - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.05.2021
Obuna bo‘lish
Rossiya Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Mariya Zaxarova, Sputnik agentligiga katta intervyu berdi.
Nega endi Rossiyada Amerika vizasi olish mumkin emas, Rossiya haqiqatdan ham "Meduza" axborot agentligini diskriminatsiya qilmoqdami, Moskva tojik-qirg‘iz chegarasidagi vaziyatni qanday baholamoqda. Petr Lidov suhbat qildi.

Javob choralari

- Rossiya Yevroparlament va Berlin prokuraturasi rahbarlariga qarshi sanksiyalar kiritdi. Shuningdek yana 6 nafar YeI amaldorlariga Rossiyaga kirish ta’qiqlandi. Bular nega ta’qiq ostiga tushishdi?
Bu shunchaki ro‘yxat emas. Bu kollektiv G‘arb tomonidan Rossiyaga qarshi amalgk oshirilayotgan mutlaq nodo‘st, ba’zana dushmanona harakatlarga qarshi javob choralaridir.
Ko‘p yillar davomida Biz YeIdagi hamkorlarimizga mavjud muammolarni suhbat, konsultatsiya yoki boshqa diplomatik usullar bilan hal qilishni taklif qilib kelganmiz.
Undan tashqari YeI huzurida Rossiyaning doimiy vakolatxonasi ham bor. Lekin yil sayin haqiqiy va o‘ylab topilgan barcha muammolarga, ataylab ommaviy xarakter berib kelinmoqda.
Ushbu suhbatni konstruktiv dialog uslubiga o‘tkazishga bo‘lgan bizning barcha harakatlarimiz YeI tomonidan to‘xtatilgan .
Bu bizning kar lekin soqov bo‘lmagan Brusselga nisbatan javob choramizdir.

Ashaddiy rusofobiya

Nimaga aynan ana shu kishilar? Chunki ular Rossiyaga nisbatan o‘ta agressiv chiqish qilgan. Ularning barchasini takrorlashning hojati yo‘q, kerak bo‘lsa internetda topish oson.
Yevropada rusofobiya haqida gapirganda, bunda allaqachon marginalga aylangan, nafaqat siyosiy shaxslar, balkim OAVlar ham qo‘shilganini ko‘rish mumkin.
Aksariyat siyosatchilar faqatgina o‘z nuqtayi nazarini aytish bilan chelanmaydi, ular axborot kompaniyalari orbitasiga qo‘shilgan bo‘lib, ularning har bir so‘zi bir necha OAVlar orqali keng tarqatiladi.
Demokratiya sharoitida, albatta bu normal holat, lekin biz bugungi kunda oldindan maxsus rejalashtirilgan, axborot-siyosiy kampaniyasining guvohi bo‘lmoqdamiz. Ularning maqsadi Rossiya rivojlanishini to‘xtatib turish, Rossiyani cheklash.
Flagi  Rossii i Yevrosoyuza - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.02.2021
Rossiya va Yevropa Ittifoqi: ajrashish muqarrarmi?
Diplomatiya sohasida ta’qiqlangan shaxslar ro‘yxati haqida gap ketganda, bunday ro‘yxatlar hech qayerda chop etilmaydi, har doim ushbu shaxslar soni aytilardi xolos. Hozirgi G‘arb diplomatlari bo‘lsa – ismlarni oshkor qilishni odatga aylantirib olishdi.
Biz uzoq vaqt davomida ulardan diplomatik etikaga amal qilishni so‘rab keldik, lekin bularning barchasi bizning ochiq ta’qiq ro‘yxatimiz bilan mantiqiy yakunlandi.
G‘arb har doim Rossiyani muammolarni eskalatsiya qilishda ayblaydi, go‘yoki aynan biz munosabatlarni yomonlashtirayotgan emishmiz. Lekin bu yolg‘on. Biz hech qachon bunday ish qilmaganmiz. Hozir esa – bu Rossiyaga qarshi qaratilgan, aniq maqsad yo‘lida rejalashtirilgan siyosat ekanini ko‘rib turibmiz.

Amerikaliklar boshi berk ko‘chaga kirib qolishdi

Esingizda bo‘lsa, hammasi Obamadan boshlangan edi. Aynan uning bayonotida qandaydir mafkuraviy asosda Rossiyani “to‘xtatib turish”, “izolyatsiya qilish” kabi iboralar ilk bor uchragan edi. O‘sha vaqtda qarama-qarshilik aynan ular tomonidan boshlanayotganini ular yashirib ham o‘tirishmagan.
Bugun bo‘lsa ular, belgilangan maqsadga erisha olmaganidan va boshi berk ko‘chaga kirib qolganidan so‘ng, hammasini qayta ko‘rib chiqa boshlashdi. Lekin ular o‘z xatolarini tan olish o‘rniga, “Biz kollektiv G‘arb faqat Rossiya harakatlarga qarshi javob qaytarmoqdamiz” deb qo‘yishdi xolos.
Darhaqiqat, AQSh hech qachon o‘z xatolarini tan olgan emas, xoh u Iroq bo‘lsin, xoh Yaqin Sharqning boshqa mamlakatiga uyushtirilgan tajovuzlarning barchasi muvaffaqiyatsizlik bilan tugadi.
- AQSh konsulxonasi viza berishni to‘xtatdi deyishdi, ularga xodimlar yetishmaydimi?
- Ko‘p yillar davomida AQSh konsullik sohasida o‘zini mutlaq beaxloq tutgan edi. Ayrim hollarda viza oluvchilar oylab kutishga majbur bo‘lishgan edi. Ular o‘z konsullik faoliyatini o‘zlari yo‘q qildi. Rossiya bu yerda aybdor emas.
Biz diplomatlar umumiy sonini va boshqa davlat fuqarolarini ishga olishni cheklaganmiz xolos. Lekin qaysi sohaga nechta diplomat yuborishni AQShning o‘zi belgilaydi. Vashingtonning o‘zi aynan konsullik yo‘nalishida diplomatlar sonini qisqartirishga qaror qilgan.
Umuman AQShning viza berish tizimi, bu - mutlaq arxaika. Hozir hech qayerda suhbat o‘tkazish, uzoq vaqt davomida kutish tajribasi yo‘q. Masalan biz AQShda 7-10 kun ichida viza bermiz. Diplomatlarning bir qismi chiqarib yuborilganidan so‘ng ham ushbu tartib o‘zgargani yo‘q. Ish darajasini saqlab qolganmiz.
Goroda mira. Nyu-York - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.02.2020
Rossiya AQSh viza berishni rad etgani tufayli BMT arbitrajini talab qildi
- Rossiyadagi “Meduza” axborot agentligini xorijiy agent deb tan olish – bu Rossiya jurnalistlarini Latviyada siquvga olishlariga javob chorasimi?
- Bu mavzuda har xil gaplar ko‘p bo‘ldi. Ha biz “Meduzani”xorijiy agent deb tan oldik. Ushbu qaror Adliya vazirligning taaluqli qarori hamda Rossiya qonunchiligiga asosan qabul qilindi.
Lekin, biz Meduzaga nisbatan hech qanday diskriminatsion choralar qabul qilganimiz yo‘q. Ular qo‘ng‘iroq qilsa biz telfonni ko‘taramiz, savol bersa javob qaytaramiz, xullas hammasi boshqa OAVlardek.
Lekin RT va Sputnik sahifalarida yaqin vaqt ichida AQShning biro rasmiy shaxsini ko‘rdingizmi? AQShda bu ta’qiqilangan, va ular buni yashirib ham o‘tirishmaydi. Faqat rasmiylash chiqishi ta’qiqlangan bo‘lsa ham mayli edi, bizning OAVlar u yerda qattiq bosim ostida qolgan, va diskriminatsiya qilinmoqda.

Tojik-qirg‘iz chegarasidagi muammo

- Qirg‘iziston va Tojikiston chegarasida jangovar to‘qnashuvlar haqida nima deya olasiz? U yerda yangi Qorabog‘ kelib chiqmaydimi? Rossiya bunda faolroq ishtirok etishi mumkinmi?
Biz u yerda bo‘lib o‘tgan voqealarni hayajon bilan kuzatdik. Gap chegaraning mojaroli qismi haqid ketmoqda. Afsuski to‘qnashuvlar oqibatida yaralanganlar va qurbonlar bor. Biz ularga hamdardlik bildiramiz va tezroq tuzalib ketishlarini istaymiz.
Albatta, 30-aprel kuni erishilgan tinchlik shartnomasi va qurollarni chegara chizig‘idan olib ketish haqida kelishuvni qo‘llab-quvvatlaymiz va olqishlaymiz. Bu juda muhim qadam.
Biz Bishkek va Dushanbe tomonidan qo‘shma ishchi guruh tashkil qilish qarorini qo‘llab quvvatladik. Uning vazifasi aholiga axborot tarqatish hamda ushbu hududdagi vaziyatni monitoring qilish bo‘ladi.
Pogranichnik na uchastke granisi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.04.2021
Tojik-qirg‘iz chegarasida otishmani to‘xtatishga kelishib olindi
Qirg‘iziston va Tojikiston bilan mavjud strategik hamkorlikka prinsipiga asoslangan holda, Rossiya vujudga kelayotgan mojaroli masalalarni hal qilishda barcha tomondan siyosiy-diplomatik uslublar bilan yordam berishga tayyor.
Men bir narsaga alohida e’tibor bermoqchiman. Intervyudan oldin Tojikiston va Qirg‘iziston o‘zlarining Rossiyadagi diasporalariga murojaat qilib, hech qanday provokatsion harakatlarga berilmaslikni so‘ragan. Bu juda muhim bayonot. Demak ushbu Respublika oliy rahbariyati vaziyatni juda to‘g‘ri talqin qilgan holda, o‘z fuqarolaridan ortiqcha his-hayajon va ehtimoliy ig‘volarga berilmaslikni so‘ramoqda.
Yangiliklar lentasi
0