Jamiyat

Birinchi maydan bogʻcha toʻlovlari oʻrtacha 15%ga oshdi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaDetskiy sadik v Priaralye
Detskiy sadik v Priaralye  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.05.2021
Bogʻcha toʻlovlari maktabgacha taʼlim muassasasi joylashgan hudud va bolaga qarash davomiyligiga qarab farq qiladi.
TOSHKENT, 2 may - Sputnik. Oʻzbekiston hududida davlat tassarrufida boʻlgan maktabgacha taʼlim muassasalarining oylik toʻlovlari miqdori 1 maydan boshlab oʻrtacha 15%ga oshdi.
Bu haqida 29 aprel kuni imzolangan 256-sonli Hukumat qarorida aytib oʻtilgan. Tariflar bogʻcha joylashgan hudud va bolaga qarash davomiyligiga qarab farq qiladi.
Toshkent shahri (4-5 soatdan - 9 soatgacha)
birinchi farzand uchun 38 000 - 206 000;
ikkinchi farzand uchun 26 000 - 147 000
Viloyat markazlarida (4-5 soatdan - 9 soatgacha)
birinchi farzand uchun 39 000 - 199 000;
ikkinchi farzand uchun 25 000 - 141 000;
Tuman markazlarida (4-5 soatdan - 9 soatgacha)
birinchi farzand uchun 29 000 - 135 000;
ikkinchi farzand uchun 20 000 - 102 000;
Quyidagi hududlardagi bogʻchalarda toʻlov miqdori 50%ga kamaytiriladi:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida;
Havoiy viloyatining Tomdi, Uchquduq, Konimex, Hypota tumanlari va Zarafshon shahrida;
Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod, Kasbi, Mirishkor, Qamashi, Chiroqchi, Nishon, Yakkabogʻ va Gʻuzor tumanlarida;
Buxoro viloyatining Olot, Shofirkon, Qorakoʻl, Peshku va Romitan tumanlarida;
Surxondaryo viloyatining Qiziriq, Muzrabot, Oltinsoy, Boysun, Qumqurgʻon, Uzun, Sariosiyo tumanlarida;
Samarqand viloyatining Nurobod, Qushrabot, Urgut, Bulungʻur, va Paxtachi tumanlarida;
Jizzax viloyatining Baxmal, Gʻallaorol, Farish, Mirzachoʻl va Yangiobod tumanlarida;
Sirdaryo viloyatining Oqoltin, Mirzaobod, Xovos va Sardoba tumanlarida;
Fargʻona viloyatining Soʻx tumani hamda Fargʻona tumanining "Shohimardon" va "Yordon" qishloqlarida.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala