Crew Dragon kosmik kemasi 4 nafar astronavt bilan Yerga qaytdi

© NASA/Bill IngallsVozvrashenie kosmicheskogo korablya Crew Dragon na Zemlyu
Vozvrashenie kosmicheskogo korablya Crew Dragon na Zemlyu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.05.2021
Obuna bo‘lish
Bortida to‘rt nafar astronavt bo‘lgan kosmik kema Atlantika okeanidagi Meksika bo‘g‘oziga muvaffaqiyatli qo‘ndi.
TOShKENT, 2-may - Sputnik. SpaceX kompaniyasining Crew Dragon kosmik kemasi Crew-1 massiyasining ekipaj a’zolari bilan Yerga qaytib keldi va Atlantika okeani hududiga muvaffaqiyatli qo‘ndi, deb xabar qilmoqda NASA.
Bortida 4 nafar astronavtlar - Maykl Xopkins, Viktor Glover, Shennon Uoker va Soiti Noguti bo‘lgan kosmik kema Florida shtati yaqinida Meksika bo‘g‘oziga mahalliy vaqt bilan soat 02:57da qo‘ndi. U bundan taxminan 7 soat oldin u Xalqaro Kosmik stansiyadan ajralib chiqqan edi.
© NASA/Bill IngallsVozvrashenie kosmicheskogo korablya Crew Dragon na Zemlyu
Vozvrashenie kosmicheskogo korablya Crew Dragon na Zemlyu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.05.2021
Vozvrashenie kosmicheskogo korablya Crew Dragon na Zemlyu
NASA xabariga ko‘ra, AQSh tarixida astronavtlar tungi qo‘nishi so‘nggi marotaba 1968-yilning 27-dekabrida sodir bo‘lgan edi. O‘shandan "Oy missiyasidan" qaytgan "Apollon-8" kemasi Tinch okeaniga qo‘ngan.
Crew-1 missiyasi XKSdagi rossiyalik kosmonavtlar Sergey Rijikovga va Sergey Kud-Sverchkov hamda amerikalik astronavt Ketlin Rubinsga o‘tgan yilning noyabr oyida qo‘shilishgan edi. Ketlin Rubins 17-aprel kuni "Soyuz MS-17" kosmik kemasida Yerga qaytib kelgan edi.
© NASA/Bill IngallsVozvrashenie kosmicheskogo korablya Crew Dragon na Zemlyu
Vozvrashenie kosmicheskogo korablya Crew Dragon na Zemlyu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.05.2021
Vozvrashenie kosmicheskogo korablya Crew Dragon na Zemlyu
Yangiliklar lentasi
0