Jamiyat

Oʻzbekiston Hindistonga insonparvarlik yordamini yubordi

© Posolstvo Indii v TashkenteUzbekistan napravil gumanitarnuyu pomoщ v Indiyu dlya borbы s COVID-19
Uzbekistan napravil gumanitarnuyu pomoщ v Indiyu dlya borbы s COVID-19 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.05.2021
Shu kunlarda Hindiston koronavirus epidemiyasidan qattiq aziyat chekmoqda, dori vositalari va sunʼiy nafas olish apparatlari yetishmasligi koʻplab qurbonlarga olib kelmoqda.
TOSHKENT, 2 may - Sputnik. Oʻzbekiston hukumati shu kunlarda koronavirus epidemiyasining eng ogʻir damlarni boshidan kechirayotgan Hindistonga insonparvarlik yordamini yubordi. Bu haqida Hindiston tashqi ishlar vazirligi veb saytida aytib oʻtilgan.
"Strategik sherikligimizni yanada chuqurlashtirmoqdamiz. Oʻzbekistondan 100 ta kislorod kontsentratori va boshqa tibbiy buyumlar sovgʻasiga minnatdormiz", - deyilgan xabarda.
Undan tashqari hind rasmiylari ushbu insonparvarlik yordamiga, qoʻshimcha 51 dona kislorod kontsentratori miqdorida, oʻz hissasini qoʻshgan Oʻzbekistondagi hind biznesi jamoatchiligiga ham alohida minnatdorlik bildirgan.
© Posolstvo Indii v TashkenteUzbekistan napravil gumanitarnuyu pomoщ v Indiyu dlya borbы s COVID-19
Uzbekistan napravil gumanitarnuyu pomoщ v Indiyu dlya borbы s COVID-19 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.05.2021
Uzbekistan napravil gumanitarnuyu pomoщ v Indiyu dlya borbы s COVID-19
Maʼlumot uchun, statistik maʼlumotlarga koʻra, Hindiston koronavirusga chalinganlar soni boʻyicha yangi jahon antirekordini oʻrnatgan. Bugun ushbu mamlakatda kasallanganlar soni 402 ming kishidan oshib ketgan. Bu yerda ayni damda dori-vositalari, kislorod apparatlari va vaktsinalar yetishmoqchiligi oʻtkir muammoga aylangan. Kunlik qurbonlar soni 2-3 ming kishini tashkil qilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala