O‘zbekiston Hindistonga insonparvarlik yordamini yubordi

© Posolstvo Indii v TashkenteUzbekistan napravil gumanitarnuyu pomosh v Indiyu dlya borbi s COVID-19
Uzbekistan napravil gumanitarnuyu pomosh v Indiyu dlya borbi s COVID-19 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.05.2021
Obuna bo‘lish
Shu kunlarda Hindiston koronavirus epidemiyasidan qattiq aziyat chekmoqda, dori vositalari va sun’iy nafas olish apparatlari yetishmasligi ko‘plab qurbonlarga olib kelmoqda.
TOShKENT, 2-may - Sputnik. O‘zbekiston hukumati shu kunlarda koronavirus epidemiyasining eng og‘ir damlarni boshidan kechirayotgan Hindistonga insonparvarlik yordamini yubordi. Bu haqida Hindiston tashqi ishlar vazirligi veb saytida aytib o‘tilgan.
"Strategik sherikligimizni yanada chuqurlashtirmoqdamiz. O‘zbekistondan 100 ta kislorod konsentratori va boshqa tibbiy buyumlar sovg‘asiga minnatdormiz", - deyilgan xabarda.
Undan tashqari hind rasmiylari ushbu insonparvarlik yordamiga, qo‘shimcha 51 dona kislorod konsentratori miqdorida, o‘z hissasini qo‘shgan O‘zbekistondagi hind biznesi jamoatchiligiga ham alohida minnatdorlik bildirgan.
© Posolstvo Indii v TashkenteUzbekistan napravil gumanitarnuyu pomosh v Indiyu dlya borbi s COVID-19
Uzbekistan napravil gumanitarnuyu pomosh v Indiyu dlya borbi s COVID-19 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.05.2021
Uzbekistan napravil gumanitarnuyu pomosh v Indiyu dlya borbi s COVID-19
Ma’lumot uchun, statistik ma’lumotlarga ko‘ra, Hindiston koronavirusga chalinganlar soni bo‘yicha yangi jahon antirekordini o‘rnatgan. Bugun ushbu mamlakatda kasallanganlar soni 402 ming kishidan oshib ketgan. Bu yerda ayni damda dori-vositalari, kislorod apparatlari va vaksinalar yetishmoqchiligi o‘tkir muammoga aylangan. Kunlik qurbonlar soni 2-3 ming kishini tashkil qilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0