Jamiyat

Prezident Qibrayda tashkil etilayotgan "Yangi Oʻzbekiston" bogʻiga koʻchat ekdi

Yangi bogʻda - odamlar tabiat qoʻynida osuda dam oladigan soʻlim hududlar yaratiladi, Sunʼiy koʻl, sport maydonlari, bolalar oʻyingohlari, favvoralar quriladi.
1/7
2/7
3/7
4/7
5/7
6/7
7/7
TOSHKENT, 2 may - Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1 may kuni Toshkent viloyatining Qibray tumanida barpo etilayotgan "Yangi Oʻzbekiston" bogʻi hududiga tashrif buyurdi.
Yangi bogʻ hududi 104 gektar maydonni egallagan boʻlib, u ulkan daraxtning beshta shoxi shaklida boʻladi. Bu Harakatlar strategiyasining beshta ustuvor yoʻnalishini ifodalaydi. Bu yerda odamlar tabiat qoʻynida osuda dam oladigan soʻlim hududlar yaratiladi va kashtan, eman, chinor, lola, lipa bogʻlari barpo etilib, noyob manzarali daraxtlar, butalar va gullar ekiladi.
Undan tashqari "Sunʼiy koʻl, sport maydonlari, bolalar oʻyingohlari, favvoralar quriladi. Mustaqillikning 30 yilligiga bagʻishlangan Istiqlol majmuasi ham shu yerda barpo etiladi. Kelajakda esa, ushbu bogʻ yonida Olimpiya shaharchasi ham bunyod etiladi.
- Bu yil mustaqilligimizning 30 yilligini nishonlaymiz. Lekin davlatchiligimiz 3 ming yillik. Bu ana shu buyuk tarixni koʻrsatadigan majmua boʻladi. Bu yerga kelgan yoshlarimiz, chet ellik mehmonlar ham shuni anglaydigan dalillar aks ettiriladi, - dedi prezident.
Mirziyoyev bu bogʻ Oʻzbekistonning yangi qiyofasini, ulkan salohiyatini, koʻpmillatli xalqimizning jipsligi va ahilligini namoyon etadigan majmua boʻlishi kerakligini taʼkidlab unga “Yangi Oʻzbekiston” deb nom berishni taklif etdi. Yigʻilganlar bu taklifni qoʻllab-quvvatladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala