Jamiyat

Sardoba avvalgidan koʻrkam: fojiadan bir yil oʻtib

Butun Respublika kuch-quvvati bilan tabiiy ofatdan zara koʻrgan Sardobaliklarning barchasi bugun yangi uylarga koʻchib oʻtgan.
TOSHKENT, 2 may - Sputnik. Sardoba fojeasidan bir yil oʻtib Sirdaryo viloyatining ushbu hududi bugungi kunda yanada koʻrkam va shinam joyga aylandi. Bu haqida maxsus tayyorlangan videolavhada aytib oʻtilgan.
Unda aytilishiga koʻra, oʻtgan yil davomida butun Respublika kuch-quvvati bilan bu yerda koʻplab uylar, yoʻl va infratuzilma obʼyektlari, maktab va bogʻchalar qurilgan.

Koʻp qavatli uylar

Sardoba tumanining "Doʻstlik" mahallasida 1480 xonadonli37ta koʻp qavatli uy qurib bitkazilgan;
Mirzobod tumanidagi "Yangi Oʻzbekiston" mahallasida 800 xonadonli 40ta koʻp qavatli uylar;
"Navbahor" mahallasida esa 360ta xonadonli 9ta uy qurilgan.
Bugungi kunda ushbu hududlardagi qurilish-montaj ishlari 100%ga yakunlangan.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Sardoba - spustya god posle bedstviya - Sputnik Oʻzbekiston
1/3
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Sardoba - spustya god posle bedstviya - Sputnik Oʻzbekiston
2/3
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Sardoba - spustya god posle bedstviya - Sputnik Oʻzbekiston
3/3

Infratuzilma obʼyektlari

Suv toshqiinidan zarar koʻrgan hududlarda
205 km umumiy va ichki xoʻjalik yoʻllari;
14ta koʻpriklarda taʼmirlash va qurilish ishlari olib borilgan;
121 km ichimlik suvi va oqava tizimlari;
8 km kanalizatsiya tizimi;
345 km elektr tarmoqlari;
94 km tabiiy gaz tarmoqlari qurib bitkazilgan.

Ijtimoiy iqtisodiy tiklanish

Qishloq xoʻjaligi sohasida 189km rrrigatsiya inshootlari, 68 ta baliqchilik va chorvachilik xoʻjaliklari qayta tiklangan.
8379 ta yangi ish oʻrinlar yaratilgan va yil oxiriga qadar yana 1398 ta ish oʻrinlari yaratilishi kutilmoqda.
10 ta bolalar bogʻchalari;
16ta umumtaʼlim maktablari;
8ta tibbiyot obʼyektlari;
1ta kollej qurib bitkazilgan.
Undan tashqari toshqindan zarar koʻrgan oilalarga 40 mln soʻmdan pul, maishiy texnika va chorva mollari berilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala