Jamiyat

Dmitriy Kiselyov: soʻz erkinligi Oʻzbekiston uchun soʻnggi besh yilning kashfiyoti

© Ramiz BaxtiyarovGeneralnыy direktor MIA "Rossiya segodnya" Dmitriy Kiselev vыstupil na Mejdunarodnom mediaforume v Tashkente
Generalnыy direktor MIA Rossiya segodnya Dmitriy Kiselev vыstupil na Mejdunarodnom mediaforume v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.05.2021
TOSHKENT, 3 may — Sputnik. Toshkentda yetakchi Oʻzbekiston jurnalistlari hamda Rossiyadan kelgan mehmonlar ishtirokida Xalqaro mediahaftaligi boʻlib oʻtmoqda. Tadbir davomida “Rossiya segodnya” XAA bosh direktori Dmitriy Kiselyov ham nutq soʻzladi.
Konferatsiyaning asosiy mavzusi soʻz erkinligi va media sohasidagi yangi texnologiyalar boʻldi. Dmitriy Kiselyovning soʻzlariga koʻra, soʻz erkinligi Oʻzbekiston uchun soʻnggi besh yilning kashfiyoti boʻlgan. Bunda avvalo bu yoʻlni tanlagan respublika prezidenti Shavkat Mirziyoyevning xizmati beqiyos.
“Bu yerda koʻpchilik soʻz erkinligi yaratuvchilik xususiyatiga ega boʻlishi kerakligi haqida gapirdi, men toʻliq bu pozitsiyani qoʻllab-quvvatlayman”, - deya taʼkidladi Kiselyov.
Rossiya segodnya” XAA bosh direktori Mediahaftalik ochilish marosimida nutq soʻzlayotib, birlikdagi ish va hamkorlik, jumladan, axborot sohasida muhimligini qayd etdi.
“Biz Oʻzbekistonda butun xayrixohlik bilan ishlaymiz. Maqsadimiz umumiy – umumiy tsivilizatsiyamizni vayron boʻlishdan saqlab qolish. Afsuski, bugungi kunda masala aynan shunday turibdi. Buni Iroq va Liviya misolida yaxshi koʻrib turibmiz, Suriyada hozir vaziyat oddiy emas. Tsivilizatsiyamiz tinch rivojlanishiga imkon berish uchun birlashmogʻimiz darkor”, - dedi u.
Bundan tashqari, forumda soʻz yangi media, xususan, ijtimoiy tarmoqlar haqida bordi.
“Bu bir tomondan juda yaxshi, axir deyarli har bir kishi oʻzini jurnalist sifatida his qilishi mumkin. Boshqa tomondan, professional OAV har holda katta texnik resurslarga, axborotning eng yaxshi tekshirilgan manbalari hamda sifatli tayyorgarlik koʻrishga ega ekanligini anglash zarur”, - dedi Rossiya segodnya” XAA bosh direktori.
Kiselyov Oʻzbekistondagi jurnalistika bilan bogʻliq vaziyatga baho berayotib, respublika izchil, u bilan esa OAV rivojlanib borayotganini taʼkidladi. U bu tendentsiya shu surʼatlarda davom etishiga ishonch bildirdi.
Shuningdek, jurnalist Toshkentga birinchi marta kelishi ekanini tan olib, bu yerda kelajakda yana boʻlishiga umid bildirdi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala