Dmitriy Kiselov: so‘z erkinligi O‘zbekiston uchun so‘nggi besh yilning kashfiyoti

© Ramiz BaxtiyarovGeneralniy direktor MIA "Rossiya segodnya" Dmitriy Kiselev vistupil na Mejdunarodnom mediaforume v Tashkente
Generalniy direktor MIA Rossiya segodnya Dmitriy Kiselev vistupil na Mejdunarodnom mediaforume v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.05.2021
Obuna bo‘lish
TOShKENT, 3-may — Sputnik. Toshkentda yetakchi O‘zbekiston jurnalistlari hamda Rossiyadan kelgan mehmonlar ishtirokida Xalqaro mediahaftaligi bo‘lib o‘tmoqda. Tadbir davomida “Rossiya segodnya” XAA bosh direktori Dmitriy Kiselov ham nutq so‘zladi.
Konferatsiyaning asosiy mavzusi so‘z erkinligi va media sohasidagi yangi texnologiyalar bo‘ldi. Dmitriy Kiselovning so‘zlariga ko‘ra, so‘z erkinligi O‘zbekiston uchun so‘nggi besh yilning kashfiyoti bo‘lgan. Bunda avvalo bu yo‘lni tanlagan respublika prezidenti Shavkat Mirziyoyevning xizmati beqiyos.
“Bu yerda ko‘pchilik so‘z erkinligi yaratuvchilik xususiyatiga ega bo‘lishi kerakligi haqida gapirdi, men to‘liq bu pozitsiyani qo‘llab-quvvatlayman”, - deya ta’kidladi Kiselov.
Rossiya segodnya” XAA bosh direktori Mediahaftalik ochilish marosimida nutq so‘zlayotib, birlikdagi ish va hamkorlik, jumladan, axborot sohasida muhimligini qayd etdi.
“Biz O‘zbekistonda butun xayrixohlik bilan ishlaymiz. Maqsadimiz umumiy – umumiy sivilizatsiyamizni vayron bo‘lishdan saqlab qolish. Afsuski, bugungi kunda masala aynan shunday turibdi. Buni Iroq va Liviya misolida yaxshi ko‘rib turibmiz, Suriyada hozir vaziyat oddiy emas. Sivilizatsiyamiz tinch rivojlanishiga imkon berish uchun birlashmog‘imiz darkor”, - dedi u.
Bundan tashqari, forumda so‘z yangi media, xususan, ijtimoiy tarmoqlar haqida bordi.
“Bu bir tomondan juda yaxshi, axir deyarli har bir kishi o‘zini jurnalist sifatida his qilishi mumkin. Boshqa tomondan, professional OAV har holda katta texnik resurslarga, axborotning eng yaxshi tekshirilgan manbalari hamda sifatli tayyorgarlik ko‘rishga ega ekanligini anglash zarur”, - dedi Rossiya segodnya” XAA bosh direktori.
Kiselov O‘zbekistondagi jurnalistika bilan bog‘liq vaziyatga baho berayotib, respublika izchil, u bilan esa OAV rivojlanib borayotganini ta’kidladi. U bu tendensiya shu sur’atlarda davom etishiga ishonch bildirdi.
Shuningdek, jurnalist Toshkentga birinchi marta kelishi ekanini tan olib, bu yerda kelajakda yana bo‘lishiga umid bildirdi.
Yangiliklar lentasi
0