Siyosat

Mirziyoyev shu hafta korruptsiyaga qarshi kurashish masalalariga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazadi

© Sayt Prezidenta RUVideoselektor po jiliщnomu stroitelstvu v 2020-m
Videoselektor po jiliщnomu stroitelstvu v 2020-m - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.05.2021
Sherzod Asadovning soʻzlariga koʻra, oxirgi vaqtlarda quloqqa fosh boʻlayotgan korruptsion holatlari eshitilmoqda.
TOSHKENT, 3 may — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev shu hafta korruptsiyaga qarshi kurashish masalalariga bagʻishlangan videoselektor oʻtkazadi. Bu haqda uning matbuot kotibi Sherzod Asadov brifing davomida maʼlum qildi.
“Shu hafta korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari boʻyicha videoselektor oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Unda davlat organlari, hokimlarning hisobotlari eshitiladi”, - dedi Asadov.
Predsedatel Senata Oliy Majlisa Uzbekistana Tanzila Narbayeva - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.04.2021
Siyosat
Tanzila Norboyeva: korruptsiyaga qoʻl urgan mansabdorlar soni koʻpayib bormoqda
U bu masala doimiy nazoratda ekani va yaqin orada alohida selektor tashkil etilayotgani korruptsiyaga qarshi kurashish murosasiz tus olayotganini bildirishini qoʻshimcha qildi.
Shuningdek, chet tillarini oʻqitish tizimini takomillashtirish, Tokio Olimpiadasiga sportchilarimizni tayyorlash masalalari boʻyicha yigʻilishlar boʻlishi kutilmoqda. Qishloq xoʻjaligi texnikasi korxonalarini transformatsiya qilish boʻyicha taqdimot oʻtkazilishi ham moʻljallangan.
Soʻrov
Sizningcha, korruptsiyani ildizi bilan quritish uchun nima qilish kerak?
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala