Mirziyoyev shu hafta korrupsiyaga qarshi kurashish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazadi

© Sayt Prezidenta RUVideoselektor po jilishnomu stroitelstvu v 2020-m
Videoselektor po jilishnomu stroitelstvu v 2020-m - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.05.2021
Obuna bo‘lish
Sherzod Asadovning so‘zlariga ko‘ra, oxirgi vaqtlarda quloqqa fosh bo‘layotgan korrupsion holatlari eshitilmoqda.
TOShKENT, 3-may — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev shu hafta korrupsiyaga qarshi kurashish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor o‘tkazadi. Bu haqda uning matbuot kotibi Sherzod Asadov brifing davomida ma’lum qildi.
“Shu hafta korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha videoselektor o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Unda davlat organlari, hokimlarning hisobotlari eshitiladi”, - dedi Asadov.
Predsedatel Senata Oliy Majlisa Uzbekistana Tanzila Narbayeva - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.04.2021
Tanzila Norboyeva: korrupsiyaga qo‘l urgan mansabdorlar soni ko‘payib bormoqda
U bu masala doimiy nazoratda ekani va yaqin orada alohida selektor tashkil etilayotgani korrupsiyaga qarshi kurashish murosasiz tus olayotganini bildirishini qo‘shimcha qildi.
Shuningdek, chet tillarini o‘qitish tizimini takomillashtirish, Tokio Olimpiadasiga sportchilarimizni tayyorlash masalalari bo‘yicha yig‘ilishlar bo‘lishi kutilmoqda. Qishloq xo‘jaligi texnikasi korxonalarini transformatsiya qilish bo‘yicha taqdimot o‘tkazilishi ham mo‘ljallangan.
So‘rov
Sizningcha, korrupsiyani ildizi bilan quritish uchun nima qilish kerak?
Yangiliklar lentasi
0