Iqtisod

Namanganda 4 ta koʻp qavatli uy quyosh elektr panellari bilan jihozlandi

© Minenergo UzbekistanaV Namangane na krыshax 4-x domov, gde raspolojenы 96 kvartir, ustanovlenы solnechnыe paneli
V Namangane na krыshax 4-x domov, gde raspolojenы 96 kvartir, ustanovlenы solnechnыe paneli - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.05.2021
Uychi tumanidagi toʻrt qavatli yangi uylarga jami 192 ta quyosh panellari oʻrnatilgan.
TOSHKENT, 3 may — Sputnik. Namanganda toʻrtta koʻp qavatli uyda joylashgan 96 ta xonadonga umumiy quvvati 58 kilovatt boʻlgan quyosh panellari oʻrnatildi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.
Ushbu loyiha “Sun-Hightech” kompaniyasi tomonidan BMTning PROON/GEF loyihasi yordamida Oʻzbekiston Qurilish vazirligi bilan birgalikda “Qishloq joylarda energiya tejamkor uy-joy qurilishini rivojlantirishga koʻmaklashish” dasturi doirasida amalga oshirilgan.
Uychi tumanidagi toʻrt qavatli yangi uylarga jami 192 ta quyosh panellari oʻrnatilgan. Mazkur quyosh elektr stantsiyalari xonadonlardagi maishiy texnikalar, jumladan yoritish chiroqlari, televizor, muzlatgich, kompyuter kabi elektr jihozlarini markaziy elektr taʼminotidan alohida, mustaqil (avtonom) ravishda taʼminlash imkonini beradi.
© Minenergo UzbekistanaV Namangane na krыshax 4-x domov, gde raspolojenы 96 kvartir, ustanovlenы solnechnыe paneli
V Namangane na krыshax 4-x domov, gde raspolojenы 96 kvartir, ustanovlenы solnechnыe paneli - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.05.2021
V Namangane na krыshax 4-x domov, gde raspolojenы 96 kvartir, ustanovlenы solnechnыe paneli
Ushbu quyosh elektr stantsiyalariga uzluksiz ravishda texnik xizmat koʻrsatish maqsadida mazkur koʻp qavatli uylarda yashovchi yosh mutaxassis doimiy ravishda ishga qabul qilindi.
BMT tomonidan amalga oshirilayotgan mazkur grant loyihaning umumiy qiymati 1,32 mlrd soʻmni tashkil etib, loyiha doirasida Oʻzbekistonning 5 ta hududi qamrab olinadi. Namangan viloyatidan tashqari Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent, Buxoro va Qashqadaryo viloyatlarida ham quyosh panellari oʻrnatiladi.
Solntse dengi berejet Zaglushka - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.04.2021
Infografika
Quyosh pul tejashda yordam beradi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala