O‘zbekiston Turkiyaga ham insonparvarlik yordami jo‘natdi

© UzAUzbekistan napravil v Tursiyu gumanitarnuyu pomosh dlya borbi s COVID-19
Uzbekistan napravil v Tursiyu gumanitarnuyu pomosh dlya borbi s COVID-19 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.05.2021
Obuna bo‘lish
Istanbul shahriga mamlakatda ishlab chiqarilgan bir martalik respirator Ecos N 95 tibbiy niqobidan bir million dona yetkazib berilgan.
TOShKENT, 3-may — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga muvofiq, joriy yil 2-may kuni Turkiyaga koronavirus infeksiyasi tarqalishini bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan tibbiy buyumlardan iborat insonparvarlik yordami yuborildi.
O‘zA xabariga ko‘ra, “Uzbekistan Airways” tomonidan ajratilgan yuk samolyotida Istanbul shahriga mamlakatda ishlab chiqarilgan bir martalik respirator Ecos N 95 tibbiy niqobidan bir million dona yetkazib berilgan.
“Prezidentimiz tashabbusi bilan muborak Ramazon oyida Turkiyaga shunday og‘ir kunlarda ko‘rsatilgan yordam O‘zbekiston bilan Turkiya o‘rtasidagi qardoshlik munosabatlari yuqori darajada ekanidan dalolatdir”, - deyilgan xabarda.
Uzbekistan napravil gumanitarnuyu pomosh v Indiyu dlya borbi s COVID-19 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.05.2021
O‘zbekiston Hindistonga insonparvarlik yordamini yubordi
Avvalroq O‘zbekiston Hindistonga insonparvarlik yordami jo‘natgan edi.
Yangiliklar lentasi
0