Dunyoda

Qirgʻiziston va Tojikiston oʻz qoʻshinlarini chegaradan olib chiqishni yakunladi

© Sputnik / Elaman KarыmshakovVoyennыe Kыrgыzstana
Voyennыe Kыrgыzstana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.05.2021
Maʼlum qilinishicha, davlat chegarasining qirgʻiz-tojik qismidagi vaziyat barqaror, oʻtgan tunda hech qanday voqea yoki otishma qayd etilmagan.
TOSHKENT, 3 may — Sputnik. Qirgʻiziston va Tojikiston qurolli toʻqnashuvdan keyin qoʻshimcha kuchlarini chegaradan olib chiqishni yakunladi. Bu haqda RIA Novostiga qirgʻiz chegarasi xizmati matbuot xizmati maʼlum qildi.
“Tomonlar chegara chizigʻidagi qoʻshimcha kuchlar va vositalarni oʻz hududlari ichkarisiga qaytarishni yakunlashdi”, - degan agentlik suhbatdoshi.
Na granitse Kыrgыzstana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.05.2021
Dunyoda
Qirgʻiziston va Tojikiston chegarasidagi nazorat oʻtkazish punktlari vaqtincha yopildi
Uning soʻzlariga koʻra, davlat chegarasining qirgʻiz-tojik qismidagi vaziyat barqaror. Oʻtgan tunda hech qanday voqea yoki otishma qayd etilmagan.
Taʼkidlanishicha, Qirgʻiziston va Tojikiston mudofaa vazirliklarining zobitlaridan iborat qoʻshma komissiya qoʻshimcha kuchlar va vositalar joylashtirilgan hududlarni koʻzdan kechirishni davom ettirmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala