Migratsiya

Rossiyaga 187 nafar oʻzbekistonlik qishloq xoʻjaligi ishlarida ishlash uchun joʻnab ketdi

© Sputnik / Vitaliy TimkivUborka pshenitsы
Uborka pshenitsы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.05.2021
187 nafar fuqaro tashkillashtirilgan tarzda Rossiyaga ishlash uchun joʻnatildi.
TOSHKENT, 3 may — Sputnik. 187 nafar oʻzbekistonlik Rossiyaning Astraxan viloyatiga ishlash uchun joʻnab ketdi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar qildi.
Ular u yerdagi qishloq xoʻjaligi ishlariga jalb qilinadi.
“Toshkent viloyati “Gʻisht koʻprik – Jibek joli” nazorat oʻtkazish punktidan 187 nafar fuqaro Qozogʻiston Respublikasi hududi orqali maxsus avtobuslarda yoʻl harakati xavfsizligi hamda sanitariya-epidemiologiya qoidalariga amal qilgan holda tashkillashtirilgan tarzda Rossiya Federatsiyasiga ishlash uchun joʻnatildi”, - deyilgan xabarda.
Ularga shaxsiy gigiyena va antiseptik vositalar taqdim etilgan. 14 kunlik karantindan soʻng oʻzbekistonlik migrantlar qishloq xoʻjaligi ishlarida mehnat faoliyatini boshlaydi.
Vыraщivaniye klubniki - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.04.2021
Migratsiya
Migrantlar kelishmadi: Rossiyada ishchilar yetishmasligi sabab ekin maydoni qisqartiriladi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala