Sputnik muxbiri Dilshoda Rahmatova “Oltin qalam” mukofotini qo‘lga kiritdi

© Ramiz BaxtiyarovKorrespondent Sputnik Uzbekistan Dilshoda Raxmatova nagrajdena premiyey "Zolotoe pero"
Korrespondent Sputnik Uzbekistan Dilshoda Raxmatova nagrajdena premiyey Zolotoe pero - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.05.2021
Obuna bo‘lish
TOShKENT, 3-may — Sputnik. Sputnik Xalqaro axborot agentligining O‘zbekistondagi muxbiri Dilshoda Rahmatova (Rossiya) "Oltin qalam" milliy mukofotining "Chet ellik jurnalistlarning O‘zbekiston haqidagi eng yaxshi materiali uchun" nominatsiyasida ikkinchi o‘ringa munosib topildi.
Toshkentdagi “Turkiston” saroyida "Oltin qalam" milliy mukofoti uchun XV tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tmoqda.
Mukofotni Sputnik jurnalistiga O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Furqat Sidiqov topshirdi.
© Ramiz BaxtiyarovKorrespondent Sputnik Uzbekistan Dilshoda Raxmatova nagrajdena premiyey "Zolotoe pero"
Korrespondent Sputnik Uzbekistan Dilshoda Raxmatova nagrajdena premiyey Zolotoe pero - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.05.2021
Korrespondent Sputnik Uzbekistan Dilshoda Raxmatova nagrajdena premiyey "Zolotoe pero"
Dilshoda Rahmatova 2017-yildan buyon Sputnik O‘zbekiston muxbiri sifatida faoliyat yuritadi. Uning maqolalari va tanlagan mavzulari hamisha o‘zining dolzarbligi bilan ajralib turadi. Uning so‘nggi ishlaridan Toshkent viloyatidagi karantin zonasidagi hayot, Sardoba suv ombori to‘g‘oni yorilishidan jabrlanganlar haqida tayyorlagan reportajlari, Qoraqalpog‘istonda maktabgacha ta’lim tizimi rivojlanishi haqidagi ocherki, O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri bilan intervyusini misol tariqasi keltirish mumkin.
© Ramiz BaxtiyarovDiplom laureata premii "Zolotoe pero" Dilshodi Raxmatovoy "Za luchshiy material ob Uzbekistane" jurnalista inostrannogo SMI
Diplom laureata premii Zolotoe pero Dilshodi Raxmatovoy Za luchshiy material ob Uzbekistane jurnalista inostrannogo SMI - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.05.2021
Diplom laureata premii "Zolotoe pero" Dilshodi Raxmatovoy "Za luchshiy material ob Uzbekistane" jurnalista inostrannogo SMI
Sputnik tahririyati hamkasbini chin dildan oliy mukofot bilan muborakbod etadi va keyingi ijodlarida omad va zafarlar tilaydi. Jurnalistni mukofotni qo‘lga kiritgani munosabati bilan shu kunlarda Toshkentdagi mediahaftalikda ishtirok etayotgan “Rossiya segodnya” XAA bosh direktori Dmitriy Kiselov ham qutladi.
Generalniy direktor MIA Rossiya segodnya Dmitriy Kiselev vistupil na Mejdunarodnom mediaforume v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.05.2021
Dmitriy Kiselov: so‘z erkinligi O‘zbekiston uchun so‘nggi besh yilning kashfiyoti
Yangiliklar lentasi
0