Dunyoda

BMT bosh kotibi Qirgʻiziston va Tojikistonni sulh shartlariga rioya qilishga chaqirdi

© Sputnik / Maksim Blinov / Fotobankka oʻtishGeneralnыy sekretar Organizatsii Obʼyedinennыx Natsiy Antoniu Guterrish
Generalnыy sekretar Organizatsii Obʼyedinennыx Natsiy Antoniu Guterrish - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.05.2021
Antoniu Guterrish 1 may kuni ikki mamlakat oʻrtasida erishilgan oʻt ochishni bas qilish toʻgʻrisidagi kelishuvni olqishlagan.
TOSHKENT, 4 may — Sputnik. Birlashgan millatlar tashkiloti (BMT) bosh kotibi Antoniu Guterrish Qirgʻiziston va Tojikistonni sulh shartlariga rioya qilishga chaqirdi. Bu haqda uning rasmiy vakili Stefan Dyujarrik brifingda maʼlum qildi.
Guterrish ikki mamlakat oʻrtasidagi muloqotlar va 1 may kuni erishilgan oʻt ochishni bas qilish toʻgʻrisidagi kelishuvni olqishlagan.
Voyennыe Kыrgыzstana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.05.2021
Dunyoda
Qirgʻiziston va Tojikiston oʻz qoʻshinlarini chegaradan olib chiqishni yakunladi
“U har ikki tomonni sulhga rioya qilinishi uchun barcha zaruriy choralarni koʻrishga chaqiradi. Shuningdek, bosh kotib BMT zarur boʻlgan taqdirda koʻmak berishga tayyorligini tasdiqlaydi”, - dedi Dyujarrik.
Bundan tashqari, Guterrish toʻqnashuv vaqtida halok boʻlganlarning yaqinlariga hamdardlik bildirgan va jabrlanganlarga tezroq tuzalib ketishni tilagan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala