Sport

Bokschi Bektemir Meliqoʻziyev toʻrt yilga sportdan chetlatildi

Boksyor Bektemir Melikuziyev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.05.2021
Sportchi 2020 yil 16 fevraldan boshlab 2024 yil 15 fevralga qadar barcha sport musobaqalarida ishtirok etish huquqidan mahrum etildi.
TOSHKENT, 4 may — Sputnik. Professional bokschi Bektemir Meliqoʻziyev antidoping qoidalarini buzganligi sabab toʻrt yilga sportdan chetlatildi. Bu haqda Oʻzbekiston milliy antidoping agentligi (OʻzMADA) xabar qildi.
Xalqaro boks federatsiyasi (AIBA) maʼlumotlariga koʻra, sportchi 2020 yil 16 fevraldan boshlab 2024 yil 15 fevralga qadar barcha sport musobaqalarida (milliy va xalqaro chempionatlar, Olimpiya va boshqa turnirlar) ishtirok etish huquqidan mahrum etildi. Shuningdek, uning 2020 yil 16 fevraldan keyingi barcha natijalari va medallari bekor qilindi.
Meliqoʻziyev professional boksda chiqishlarini davom etishi yoki etmasligi AIBA tegishli qaroriga bogʻliq boʻladi.
Boksyor Bektemir Melikuziyev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.02.2021
Sport
Bektemir Meliqoʻziyev amerikalik raqibini 3-raunddayoq nokautga uchratdi
Agentlik Bektemir Meliqoʻziyev ilgari 2018 yil 28 fevraldan 2020 yil 27 fevralgacha 2 yilga sportdan chetlatilganini eslatib oʻtgan. Oʻshanda undan olingan doping namunada “furosemid” taqiqlangan moddasi aniqlangan.
Sportchi keyingi antidoping qoidalarini dastlabki belgilangan jazo muddati ichida yana ikki marta buzgan. Butunjahon antidoping kodeksiga koʻra, bu qoidabuzarlik uchun ikki yillik diskvalifikatsiya jazo koʻzda tutilgan. Biroq belgilangan muddat ichida sodir etilgan qoidabuzarlik uchun muddat ikki baravar koʻpaytiriladi.
“Shu sababli Meliqoʻziyevga jami toʻrt yillik diskvalifikatsiya belgilandi”, - deyilgan OʻzMADA xabarida.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala