Hodisalar

IIV tizimiga 4500 dollar evaziga ishga kiritib qoʻyishni vaʼda qilgan firibgar ushlandi

© PixabayZaderjaniye prestupnika
Zaderjaniye prestupnika - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.05.2021
Firibgar fuqaroga bu ishni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali hal qilishini aytgan.
TOSHKENT, 4 may — Sputnik. Toshkent viloyatida fuqaroni ichki ishlar tizimiga ishga kiritib qoʻyishni vaʼda qilgan firibgar ushlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabariga koʻra, fuqaro Gʻ.SH. fuqaro SH.ning ishonchiga kirib, 4500 dollar evaziga uni IIV Qorovul qoʻshinlarining quyi tizimiga xizmatga joylashtirib qoʻyishga vaʼda bergan. U bu ishni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali hal qilishini aytgan. Tezkor tadbirda gumon qilinuvchi 2500 dollarni firibgarlik yoʻli bilan olgan vaqtida ushlangan.
Denejnыe kupyurы i monetы raznыx stran - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.04.2021
Hodisalar
Prokuraturaga ishga joylashtirish uchun pora talab qilgan “hojatbarorlar” qoʻlga olindi
Mazkur holat yuzasidan Gʻ.SH.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) va 28, 211-moddasi (Pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Tergov harakatlari oʻtkazilmoqda
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala