Iqtisod

Qoraqalpogʻistonda dunyodagi eng yirik shamol elektr stantsiyasi quriladi

© Press-slujba MinenergoV Karakalpakstane postroyat odnu iz krupneyshix vetryanыx elektrostantsiy v mire
V Karakalpakstane postroyat odnu iz krupneyshix vetryanыx elektrostantsiy v mire - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.05.2021
Loyiha taxminan 4 million xonadonning elektr energiyasiga boʻlgan ehtiyojini qondirishi kutilmoqda.
TOSHKENT, 4 may — Sputnik. 3 may kuni Oʻzbekiston Energetika vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi oʻrtasida shamol energetikasi loyihasini amalga oshirish toʻgʻrisida bitim imzolandi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.
Mazkur loyiha Qoraqalpogʻistonda 1500 MVt quvvatga ega shamol energetikasini loyihalashtirish, qurish va ekspluatatsiya qilishdan iborat.
“U foydalanishga topshirilgandan soʻng Markaziy Osiyo mintaqasi va dunyodagi eng yirik shamol elektr stantsiyasiga aylanadi”, - deyilgan xabarda.
Loyiha taxminan 4 million xonadonning elektr energiyasiga boʻlgan ehtiyojini qondirishi va yiliga taxminan 2,5 million tonna karbonat angidrid gazini qoplashi kutilmoqda.
Loyiha Oʻzbekiston hukumatining energetika sohasida amalga oshirilayotgan strategik islohotlarga muvofiq mamlakatning energiya balansini diversifikatsiya qilish borasidagi saʼy-harakatlarini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan.
Vetroelektrostantsiya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.12.2020
Iqtisod
Mirziyoyev Navoiyda shamol elektr stantsiyasini qurishga doir qarorni imzoladi
“ACWA Power” kompaniyasi, shuningdek, Buxoro va Navoiy viloyatlarida yil boshida tuzilgan umumiy ishlab chiqarish quvvati 1000 MVt boʻlgan ikkita shamol energetikasi loyihasining investori hisoblanadi. Bu borada elektr energiyasini sotib olish boʻyicha shartnomalar (PPA) va investitsiya shartnomalari imzolandi.
Bundan tashqari, Saudiya kompaniyasi Sirdaryoda yuqori samaradorlikka ega boʻlgan, umumiy quvvati 1500 MVt ga teng boʻlgan issiqlik elektr stantsiyasini qurish loyihasini amalga oshirmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala