Siyosat

Saylov kodeksiga oʻzgartish kiritish rejalashtirilmoqda

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovIzbiratelnaya urna na parlamentskix vыborax v Uzbekistane
Izbiratelnaya urna na parlamentskix vыborax v Uzbekistane - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.05.2021
Amaldagi Saylov kodeksiga qator oʻzgartishlar kiritilishi kutilmoqda. Ular yuqori turuvchi saylov komissiyalarining vakolatlari, okrug saylov komissiyasi tarkibiga taalluqli.
TOSHKENT, 4 may — Sputnik. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Saylov kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonunni qabul qildi va Senatga koʻrib chiqish uchun yubordi.
OʻzLiDeP fraktsiyasi aʼzosi, deputat Rasul Kusherbayevning yozishicha, quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalarni kiritish rejalashtirilmoqda:
14, 20, 22, 101 va 102-moddalarida yuqori turuvchi saylov komissiyalarining vakolatlaridan quyi turuvchi saylov komissiyalarining harakatlari va qarorlari ustidan berilgan shikoyatlarni koʻrib chiqishni chiqarib tashlash;
21-moddada Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini oʻtkazish boʻyicha okrug saylov komissiyasi komissiya raisi, rais oʻrinbosari, kotibi va oʻn bir – oʻn sakkiz nafar komissiya aʼzosidan iborat tarkibda tuzilishini belgilash;
31-moddadan saylov byulletenida nomzodning egallab turgan lavozimi (mashgʻulotining turi), ish joyi koʻrsatilishi haqidagi normani chiqarib tashlash;
38-moddada saylovlarda siyosiy partiya yoki nomzodlarni qoʻllab-quvvatlab imzo qoʻyishda fuqarolar pasport bilan bir qatorda identifikatsiya kartasi orqali ham shaxsini tasdiqlashi mumkinligini belgilash;
48-moddada saylovchilar bilan uchrashuvlar kabi ommaviy tadbirlar ularning oʻtkazilishi joyi va vaqti haqida tuman (shahar) hokimliklari kamida uch kun oldin yozma ravishda xabardor qilingan holda oʻtkazilishi, bunda, ushbu ommaviy tadbirlarni oʻtkazish uchun ruxsatnoma talab etilmasligini belgilash.
Deputatning taʼkidlashicha, qonun loyihasi YEXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari boʻyicha byurosining tavsiyalari boʻyicha saylov toʻgʻrisidagi amaldagi qonunchilikning tahlillari asosida Qonunchilik palatasining bir guruh deputatlari tomonidan ishlab chiqilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala