Jamiyat

Shavkat Mirziyoyev Olimpiya oʻyinlariga tayyorgarlikni qoniqarsiz deb atadi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s prezentatsiyey o xode podgotovki sportsmenov k predstoyaщim letnim Olimpiyskim igram.
Prezident Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s prezentatsiyey  o xode podgotovki sportsmenov k predstoyaщim letnim Olimpiyskim igram. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.05.2021
Prezident may-iyul oylaridagi musobaqalarda yana yoʻllanmalarni qoʻlga kiritish uchun sportchilarni qoʻllab-quvvatlash zarurligini taʼkidladi.
TOSHKENT, 4 may — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev yozgi Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlariga tayyorgarlik jarayoniga oid taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qildi.
Taʼkidlanishicha, Yaponiya poytaxti Tokio shahrida boʻlib oʻtadigan mazkur nufuzli musobaqaga sportchilarni tayyorlash uchun keng sharoit yaratilgan edi. Yuqori malakali mutaxassislar jalb qilinib, yuzlab oʻquv-mashgʻulotlar tashkil etildi. Bugungi kungacha oʻzbekistonlik sportchilar yozgi Olimpiya oʻyinlariga 41 ta, Paralimpiya oʻyinlariga 16 ta yoʻllanma olgan.
“Taqdimotda Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlariga tayyorgarlik holati tanqid qilinib, qoniqarsiz deb baholandi”, - deyilgan xabarda.
Olimpiyskiye koltsa - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.04.2021
Sport
Yana toʻrt nafar oʻzbekistonlik kurashchi Tokio Olimpiadasiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi
May-iyul oylaridagi musobaqalarda yana yoʻllanmalarni qoʻlga kiritish uchun sportchilar va ularning jamoasini qoʻllab-quvvatlash zarurligi taʼkidlandi. Sportchilarga xizmatlarni kuchaytirish, ularni har tomonlama ragʻbatlantirish boʻyicha koʻrsatmalar berildi.
Federatsiyalar faoliyatini takomillashtirib, jalb qilingan malakali sport menejerlari bilan birga olimpiadachilarning jismoniy, tibbiy va psixologik holatini yaxshilash uchun har bir sport turi boʻyicha alohida dasturlar ishlab chiqish vazifasi qoʻyildi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala