Rossiya

Tomskda Oʻzbekiston fuqarosi doʻpposlanishi yuzasidan tekshiruv ishlari boshlandi

© Sputnik / Yekaterina Chesnokova / Fotobankka oʻtishAvtomobil Sledstvennogo komiteta RF
Avtomobil Sledstvennogo komiteta RF - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.05.2021
Avvalroq ayrim ijtimoiy tarmoqlarda Tomsk shahrida Federal xizmati xodimi Oʻzbekiston fuqarosiga nisbatan kuch ishlatgani haqida maʼlumotlar paydo boʻlgan edi.
TOSHKENT, 4 may — Sputnik. Rossiyaning Tergov qoʻmitasi va Ichki ishlar vazirligi Tomskda Oʻzbekiston fuqarosi bilan yuz bergan voqea yuzasidan tekshiruv ishlarini boshladi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar qilmoqda.
Avvalroq ayrim ijtimoiy tarmoqlarda Tomsk shahrida Federal xizmati xodimi tomonidan Oʻzbekiston fuqarosining huquqi buzilib, unga nisbatan kuch ishlatgani haqida maʼlumotlar tarqalgan edi.
Oʻzbekistonning Rossiyadagi elchixonasi hamda agentlikning Rossiyadagi vakolatxonasi holatga aniqlik kiritish hamda har tomonlama va obʼyektiv tekshiruv oʻtkazish yuzasidan Rossiyaning vakolatli idoralariga tegishli soʻrovnomalar yuborgan.
“Mavjud maʼlumotlarga koʻra, Rossiyaning Tergov qoʻmitasi va Ichki ishlar vazirligi ushbu voqea boʻyicha tekshiruv ishlarini boshlagan”, - deyilgan xabarda.
Xabarda amalga oshirilgan ishlar natijasi yuzasidan qoʻshimcha maʼlumot berilishi qoʻshimcha qilingan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala