Toshkentda 9-may munosabati bilan retro mashinalar marshi qachon va qayerda bo‘lib o‘tadi

© SputnikVistavka retro avtomobiley v Tashkente
Vistavka retro avtomobiley v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.05.2021
Obuna bo‘lish
4 – 7-may kunlari Toshkent shahri ko‘chalari bo‘ylab urush davriga oid retro mashinalar marshi bo‘lib o‘tadi.
TOShKENT, 4-may — Sputnik. O‘zbekiston Mudofaa vazirligi 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan keng miqyosdagi bayram tadbirlarini tashkil etadi.
Jumladan, 4 – 7-may kunlari Toshkent shahri ko‘chalari bo‘ylab urush davriga oid retro mashinalar marshi hamda aholining gavjum joylarida ularning to‘xtashi va harbiy ansambl, harbiy orkestr jamoalarining urush yillari aks ettirilgan konsert dasturlari namoyish etiladi.
Retro mashinalar marshining to‘xtashi va harbiy ansambl, harbiy orkestr jamoalarining urush yillari aks ettirilgan konsert dasturlari quyidagi manzillarda bo‘lib o‘tadi:
4 may – soat 14.00 – 17.00 da – Mudofaa vazirligi – 22 harbiy shaharcha – M.Ulug‘bek bog‘i – X.Olimjon mavzeyi – Dinamo stadioni – Irrigatsiya instituti – Bodomzor chorrahasi – “G‘alaba bog‘i” – Mudofaa vazirligi yo‘nalishlarida harakat qiladi. To‘xtash joylari: M.Ulug‘bek bog‘i va “G‘alaba bog‘i”;
5 may – soat 10.00 – 15.00 da – Mudofaa vazirligi – Qurolli Kuchlar akademiyasi – Toshkent Shimoliy vokzali – Sirg‘ali bozori – Mudofaa vazirligi yo‘nalishlarida harakat qiladi. To‘xtash joylari: Toshkent Shimoliy vokzali, Sirg‘ali bozori va “Ashxobod” bog‘i;
6 may – soat 14.00 – 19.00 da – Mudofaa vazirligi – “EKO” bozori – A.Donish ko‘chasi, Megaplaneta – Yunusobod ko‘chasi “Korzinka” savdo markazi –Mudofaa vazirligi yo‘nalishlarida harakat qiladi. To‘xtash joylari: “EKO” bozori, Megaplaneta va Korzinka savdo markazi;
7 may – soat 10.00 – 17.00 da – Mudofaa vazirligi – “Tashkent City” – Xalqlar do‘stligi san’at saroyi – Chilonzor dehqon bozori – Mudofaa vazirligi yo‘nalishlarida harakat qiladi. To‘xtash joylari: “Tashkent City”, Xalqlar do‘stligi san’at saroyi va Chilonzor dehqon bozori.
Yangiliklar lentasi
0