Hodisalar

Uch oy ichida qariyb 400 kishi YTHda halok boʻlgan

© GUVD TashkentaV Tashkente v DTP perevernulsya avtomobil - foto
V Tashkente v DTP perevernulsya avtomobil - foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.05.2021
Joriy yil birinchi choragida Oʻzbekistonda 1491 ta YTH qayd etilib, ularda 394 kishi vafot etdi, 1168 kishi jarohatlandi.
TOSHKENT, 4 may — Sputnik. IIV YHXBB 2021 yilning birinchi choragida sodir etilgan YTH yuzasidan maʼlumotlarni eʼlon qildi.
Qayd etilishicha, yanvar—mart oylarida 1491 ta yoʻl-transport hodisasi qayd etilgan. Unda 394 kishi halok boʻlgan va 1168 kishi jarohat olgan.
Hududlar kesimida eng koʻp YTH — Toshkent (208 ta) va Fargʻona (212) viloyatlari hamda Toshkent (170) shahrida kuzatilgan.
620 ta avtohalokat piyodalar ishtirokida sodir boʻlgan, 162 tasi velosipedchi, 95 tasi bolalar, 10 tasi mototsiklchilar ishtirokida sodir boʻlgan.
V svyazi s novыmi pravilami PDD vыros spros na avtomobilnыy znak Shipы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.04.2021
Hodisalar
Oʻzbekistonda yomon yoʻllar sabab qariyb 2 yil ichida 191 kishi halok boʻlgan
Baxtsiz hodisalarning asosiy sabablari tezlikni oshirish — 37,8 foiz, piyodalar oʻtish joylari yoʻqligi sababli yoʻlni belgilanmagan joydan kesib oʻtish — 15,3 foiz, ustunlikka ega transportga yoʻl bermaslik — 12,4 foiz, qarama-qarshi yoʻnalishga chiqib ketish — 7,6 foiz.
Yoʻl-transport hodisalarining "obʼyektiv sabablari" qatorida transport vositalarini notoʻgʻri boshqarish va sifatsiz yoʻllar 4,2 foizni, shuningdek, veloyoʻlaklar boʻlmagan joylarda velosipedchilarni urib ketish 4,2 foizni tashkil etgan.
Haydovchining tajribasizligi barcha baxtsiz hodisalarning 5,8 foiziga sabab boʻlgan, harakat davomida uxlab qolish – 3,3 foiz va transportni mast holda boshqarish 2,6 foiz YTHga sabab boʻlgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala