Siyosat

Emomali Rahmon 8 may kuni Moskvaga keladi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Fotobankka oʻtishPrezident RF V. Putin vstretilsya s prezidentom Tadjikistana E. Raxmon
Prezident RF V. Putin vstretilsya s prezidentom Tadjikistana E. Raxmon - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.05.2021
Tojikiston prezidenti Moskvada Gʻalaba paradida ishtirok etishi hamda tojik-qirgʻiz chegarasida boʻlib oʻtgan mojarolarni muhokama qilishi rejalashtirilgan.
TOSHKENT, 5 may – Sputnik. Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon 8 may kuni Moskvaga keladi. Bu haqida Sputnik Tojikiston xabar qilmoqda.
Xabarda aytilishiga koʻra, Emomali Rahmon Moskvada 9 may kuni boʻlib oʻtadigan Gʻalaba paradida ishtirok etishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, Tojikiston prezidenti Vladimir Putin bilan yaqinda tojik-qirgʻiz chegarasida boʻlib oʻtgan voqealarni ham muhokama qiladi.
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov aytishiga qaraganda Tojikiston prezidentining ushbu tashrifi tojik-qirgʻz chegarasidagi voqealardan oldin belgilangan edi.
Eslatib oʻtamiz, 2020 yilda Ikkinchi jahon urushida erishilgan Gʻalabaning 75 yilligiga bagʻishlangan bayram tadbirlari va Gʻalaba paradi, koronavirus pandemiyasi tufayli 24 iyunga koʻchirilgan edi. Unda Oʻzbekiston, Serbiya, Belarus, Moldova, Qozogʻiston, Tojikiston prezidentlari ishtirok etishgan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala