Dunyoda

Nemis ekologlari haqiqiy kompensatsiya talab qilishmoqda

© Sputnik / Aleksey Vitvitskiy / Fotobankka oʻtishStroitelstvo gazoprovoda "Severnыy potok-2" v Germanii
Stroitelstvo gazoprovoda Severnыy potok-2 v Germanii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.05.2021
Germaniya ekologlari moliyaviy kompensatsiyaga rozi boʻlmay, tabiatga yetkazilgan zararni tiklashni talab qilishmoqda.
TOSHKENT, 5 may — Sputnik. Germaniyaning Nabu ekologik tashkiloti pul emas haqiqiy kompensatsiya talab qilmoqda, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
Maʼlum boʻlishicha, biroz oldin, Nord Stream 2 AG operatori ekologlarga 2 million yevroga yaqin moliyaviy kompensatsiya taklif qilgan, lekin ekologlar bunga rozi boʻlmagan.
“Lekin Germaniyaning tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonunchiligiga muvofiq, ekologlar pul emas haqiqiy kompensatsiya talab qilishmoqda. Yaʼni ular dengiz osti dunyosiga yetkazilgan zararni tiklashni talab qilmoqda”, - dedi tashkilot vakili Kim Kornelius Detloff.
Biroz oldin ekologiya faollari Germaniya federal dengiz va gidrografiya agentligining (BSH) “Shimoliy oqim-2” loyihasi qurilishiga ruxsatnomani bekor qilishni talab qilgan edi. Dushanba kuni maʼlum boʻlishicha ekologlar ushbu tashkilot ustidan sudga murojaat qilishgan. Ularning fikriga koʻra, dengiz ostidan quvurlarini oʻtkazish 16ta futbol maydoniga teng atrof muhitga zarar yetkazadi.
"Shimoliy oqim-2" Boltiq dengizi orqali ikkita gaz quvuri oʻtkazishni nazarda tutuvchi loyiha. Quvurlar Rossiya, Finlyandiya, Shvetsiya, Daniya va Germaniya dengiz hududlari orqali oʻtgan. Ishga tushganidan soʻng "Shimoliy oqim-2" Yevropaga yiliga 55 milliard metr/kub gaz yetkazib berish imkoniga ega boʻladi.
Amerika Qoʻshma shtatlari ushbu loyiha qurib bitkazilishiga keskin qarshi boʻlgan holda, loyihada ishtirok etayotgan korxonalarga nisbatan turli sanktsiya va cheklovlarni qoʻllash, tahdidi va jarimalar bilan uning qurib bitkazilishiga toʻsqinlik qilmoqda. Ayni damda "Shimoliy oqim-2" 95%ga qurib bitkazilgan. Gazprom rahbari Viktor Zubkov aytishiga koʻra, loyiha 2021 yilda qurib bitkaziladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala