Nemis ekologlari haqiqiy kompensatsiya talab qilishmoqda

© Sputnik / Aleksey Vitviskiy / Mediabankka o‘tishStroitelstvo gazoprovoda "Severniy potok-2" v Germanii
Stroitelstvo gazoprovoda Severniy potok-2 v Germanii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.05.2021
Obuna bo‘lish
Germaniya ekologlari moliyaviy kompensatsiyaga rozi bo‘lmay, tabiatga yetkazilgan zararni tiklashni talab qilishmoqda.
TOShKENT, 5-may — Sputnik. Germaniyaning Nabu ekologik tashkiloti pul emas haqiqiy kompensatsiya talab qilmoqda, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
Ma’lum bo‘lishicha, biroz oldin, Nord Stream 2 AG operatori ekologlarga 2 million yevroga yaqin moliyaviy kompensatsiya taklif qilgan, lekin ekologlar bunga rozi bo‘lmagan.
“Lekin Germaniyaning tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchiligiga muvofiq, ekologlar pul emas haqiqiy kompensatsiya talab qilishmoqda. Ya’ni ular dengiz osti dunyosiga yetkazilgan zararni tiklashni talab qilmoqda”, - dedi tashkilot vakili Kim Kornelius Detloff.
Biroz oldin ekologiya faollari Germaniya federal dengiz va gidrografiya agentligining (BSH) “Shimoliy oqim-2” loyihasi qurilishiga ruxsatnomani bekor qilishni talab qilgan edi. Dushanba kuni ma’lum bo‘lishicha ekologlar ushbu tashkilot ustidan sudga murojaat qilishgan. Ularning fikriga ko‘ra, dengiz ostidan quvurlarini o‘tkazish 16ta futbol maydoniga teng atrof muhitga zarar yetkazadi.
"Shimoliy oqim-2" Boltiq dengizi orqali ikkita gaz quvuri o‘tkazishni nazarda tutuvchi loyiha. Quvurlar Rossiya, Finlyandiya, Shvetsiya, Daniya va Germaniya dengiz hududlari orqali o‘tgan. Ishga tushganidan so‘ng "Shimoliy oqim-2" Yevropaga yiliga 55 milliard metr/kub gaz yetkazib berish imkoniga ega bo‘ladi.
Amerika Qo‘shma shtatlari ushbu loyiha qurib bitkazilishiga keskin qarshi bo‘lgan holda, loyihada ishtirok etayotgan korxonalarga nisbatan turli sanksiya va cheklovlarni qo‘llash, tahdidi va jarimalar bilan uning qurib bitkazilishiga to‘sqinlik qilmoqda. Ayni damda "Shimoliy oqim-2" 95%ga qurib bitkazilgan. Gazprom rahbari Viktor Zubkov aytishiga ko‘ra, loyiha 2021-yilda qurib bitkaziladi.
Yangiliklar lentasi
0