Iqtisod

Oʻsimlik moyi narxi oshishi sabablari maʼlum boʻldi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Fotobankka oʻtishRastitelnoye maslo
Rastitelnoye maslo - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.05.2021
Oʻzbekistonda oʻsimlik moyi narxi oshishiga dunyo bozorlarida oʻsimlik moyi narxlari oshishi hamda asosiy eksportchi Rossiyada kungaboqar mahsuloti esport bojlari oshishi sabab boʻlgan.
TOSHKENT, 5 may – Sputnik. Oʻzbekistonda oʻsimlik moyi narxlari oshishi va soʻnggi haftalar davomida barqarorlashishiga Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi izoh berdi.
Xabarda aytilishiga koʻra, ushbu yilning aprel oyida Oʻzbekiston dehqon bozorlari va savdo markazlarida oʻsimlik moyining oʻrtacha narxlari 16271 soʻini tashkil etgan. Bu oʻtgan yilningshu davriga nisbatan 5451 soʻmga yoki 50%ga koʻp.
Oʻsimlik moyi narxi oshishiga sabab boʻlgan omillar:
Oʻzbekistonda isteʼmol qilinadigan jami oʻsimlik moyining (0,5 mln tonna) 57 % - import, 43% - mahalliy ishlab chiqariladigan mahsulotdir;
Oʻzbekiston ichida ushbu mahsulotni ishlab chiqarish 2020 yilda 2% koʻpaygan boʻlsada, asosiy hamkor davlat Rossiyada – 13%ga kamaygan;
Kungaboqar moyini YEOII davlatlaridan tashqariga eksport boji 6,5%dan 30%gacha oshirilgan;
BMT Oziq-ovqat qoʻmitasi (FAO) maʼlumotiga koʻra, butun dunyo miqyosida oʻsimlik moylari indeksi 81 %ga oshgan.
Oʻzbekistoda moy narxini barqarorlashtirish uchun qator choralar qabul qilindi. Xususan, 2021 yilning 1 mayidan 31 dekabriga qadar:
1.
Oʻsimlik yogʻi, kungaboqar va zigʻir urugʻi, shuningdek, soya danagini olib kirish; oʻsimlik yogʻini (paxta yogʻidan tashqari) ishlab chiqarish va (yoki) realizatsiya qiluvchi korxonalar QQSdan ozod qilindi;
2.
Kungaboqar urugʻi va xom paxta, kungaboqar yogʻi va paxta-yogʻi mahsulotlariga eksport bojxona toʻlovlari kiritildi.
3.
Tadbirkorlik subʼyektlariga ishlab chiqarilayotgan oʻsimlik yogʻining 50% dan koʻp boʻlmagan qismini eksport qilishga ruxsat etildi.
Qayd etilgan choralar tez orada oʻz natijasini koʻrsatdi. Oʻtgan hafta oʻsimlik yogʻi narxlarining 1,5% ga, bir hafta oldin esa 5% ga pasayishi kuzatildi. Bu oziq-ovqat bozorida oʻsimlik yogʻi narxlari barqarorlashayotganini anglatadi, deyilgan xabarda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala