O‘simlik moyi narxi oshishi sabablari ma’lum bo‘ldi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishRastitelnoe maslo
Rastitelnoe maslo - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.05.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda o‘simlik moyi narxi oshishiga dunyo bozorlarida o‘simlik moyi narxlari oshishi hamda asosiy eksportchi Rossiyada kungaboqar mahsuloti esport bojlari oshishi sabab bo‘lgan.
TOShKENT, 5-may – Sputnik. O‘zbekistonda o‘simlik moyi narxlari oshishi va so‘nggi haftalar davomida barqarorlashishiga Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi izoh berdi.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, ushbu yilning aprel oyida O‘zbekiston dehqon bozorlari va savdo markazlarida o‘simlik moyining o‘rtacha narxlari 16271 so‘ini tashkil etgan. Bu o‘tgan yilningshu davriga nisbatan 5451 so‘mga yoki 50%ga ko‘p.
O‘simlik moyi narxi oshishiga sabab bo‘lgan omillar:
O‘zbekistonda iste’mol qilinadigan jami o‘simlik moyining (0,5 mln tonna) 57 % - import, 43% - mahalliy ishlab chiqariladigan mahsulotdir;
O‘zbekiston ichida ushbu mahsulotni ishlab chiqarish 2020-yilda 2% ko‘paygan bo‘lsada, asosiy hamkor davlat Rossiyada – 13%ga kamaygan;
Kungaboqar moyini YeOII davlatlaridan tashqariga eksport boji 6,5%dan 30%gacha oshirilgan;
BMT Oziq-ovqat qo‘mitasi (FAO) ma’lumotiga ko‘ra, butun dunyo miqyosida o‘simlik moylari indeksi 81 %ga oshgan.
O‘zbekistoda moy narxini barqarorlashtirish uchun qator choralar qabul qilindi. Xususan, 2021-yilning 1-mayidan 31-dekabriga qadar:
1.
O‘simlik yog‘i, kungaboqar va zig‘ir urug‘i, shuningdek, soya danagini olib kirish; o‘simlik yog‘ini (paxta yog‘idan tashqari) ishlab chiqarish va (yoki) realizatsiya qiluvchi korxonalar QQSdan ozod qilindi;
2.
Kungaboqar urug‘i va xom paxta, kungaboqar yog‘i va paxta-yog‘i mahsulotlariga eksport bojxona to‘lovlari kiritildi.
3.
Tadbirkorlik subyektlariga ishlab chiqarilayotgan o‘simlik yog‘ining 50% dan ko‘p bo‘lmagan qismini eksport qilishga ruxsat etildi.
Qayd etilgan choralar tez orada o‘z natijasini ko‘rsatdi. O‘tgan hafta o‘simlik yog‘i narxlarining 1,5% ga, bir hafta oldin esa 5% ga pasayishi kuzatildi. Bu oziq-ovqat bozorida o‘simlik yog‘i narxlari barqarorlashayotganini anglatadi, deyilgan xabarda.
Yangiliklar lentasi
0