Siyosat

Rossiya qoʻshinlari Oʻzbekistonga kiritilmaydi – Mudofaa vazirligi

© Ministerstvo oboronы UzbekistanaVizit Ministra oboronы RF Sergeya Shoygu v Uzbekistan
Vizit Ministra oboronы RF Sergeya Shoygu v Uzbekistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.05.2021
MV: Rossiya qoʻshinlarini Oʻzbekistonga kiritish yoki Oʻzbekiston askarlarining Rossiya hududidagi qurolli mojarolarda ishtirok etishi - assosiz vahimalardir.
TOSHKENT, 5 may – Sputnik. Oʻzbekiston Rossiya bilan harbiy hamkorlikni rivojlantirmoqda xolos, vahimaga oʻrin yoʻq, deb rasmiy bayonot berdi Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi.
“Ikki davlat mudofaa vazirliklari oʻrtasida yaqin hamkorlikni yoʻlga qoʻyish – Oʻzbekiston tashqi siyosatining mantiqiy davomidir. Rossiya Federatsiyasi bilan hamkorlikning Oʻzbekiston Respublikasi uchun turli oqibatlari toʻgʻrisidagi bir yoqlama mulohazalar asossizdir”, - deyilgan rasmiy bayonotda.
Eslatib oʻtamiz, aprel oyining oxirida Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoyguning Oʻzbekistonga tashrifi amalga oshirilgan edi. Ushbu tashrifdan soʻng ijtimoiy tarmoqlarda turli asossiz mish-mishlar tarqala boshladi.
Mudofaa vazirligi ana shunday vahimalarni tarqatayotganlarga Oʻzbekiston Konstitutsiyasi va harbiy doktrinasidagi ayrim muhim punktlarni eslatib oʻtdi:
oʻz hududida chet el harbiy bazalari va obʼyektlarining joylashtirilishiga yoʻl qoʻymaslik;
Qurolli Kuchlarning xorijdagi tinchlik oʻrnatish bilan bogʻliq operatsiyalarda va harbiy mojarolarda ishtirok etmasligi".
Shunngdek, Mudofaa vazirligi Rossiya Oʻzbekistonning koʻp yillik ishonchli harbiy hamkori ekanini yana bir bor taʼkidladi.
Bunday hamkorlikning asosini avvalombor, Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi oʻrtasida 2004 yil 16 iyulda imzolangan Strategik sheriklik toʻgʻrisidagi shartnoma hamda 2005 yil 14 noyabrda imzolangan Ittifoqchilik munosabatlari toʻgʻrisidagi shartnoma tashkil etadi.
Bugungi kunda Rossiya Oʻzbekiston aholisining tinch hayotini taʼminlash, shuningdek, mintaqada tinchlik va barqarorlikni saqlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga qurol va harbiy texnika yetkazib berish boʻyicha sherik boʻlib qolmoqda, - deyilgan xabarda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala