Jamiyat

Samarqandda xorijlik shifokorlar yordamida bolalarda murakkab operatsiya oʻtkazilmoqda

© Sputnik / Kirill Braga / Fotobankka oʻtishBolnitsa skoroy meditsinskoy pomoщi v Volgograde
Bolnitsa skoroy meditsinskoy pomoщi v Volgograde - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.05.2021
Yosh bolalarda uchraydigan tugʻma kasallik xorijiy va mahalliy shifokorlar yordamida, murakkab jarrohlik operatsiyasi yordamida davolanmoqda.
TOSHKENT, 05 may – Sputnik. Samarqandda mahalliy va xorijiy shifokorlar bilan hamkorlikda tugʻma gipospadiya kasaliga chalingan bolalarda murakkab operatsiyalar oʻtkazmoqda, deb xabar qilmoqda “Oʻzbekiston 24” telekanali.
Respublika bolalar tibbiy markazi direktori oʻrinbosari Saidanvar Aʼzamxoʻjayev aytishiga koʻra, oldin ana shunday tashhis qoʻyilgan bolalar 3-5 marotaba operatsiya qilingan. Bugun mahalliy hamda rossiyalik shifokorlar bilan yoʻlga qoʻyilgan amaliyotga koʻra, ushbu kasallik bitta operatsiyada davolanmoqda.
Ushbu murakkab jarrohlik amaliyoti narxi qimmatiligi tufayli ham oldin koʻp oilalar uni amalga oshira olmagan. Lekin soʻnggi yillarda Oʻzbekistonda joriy etilgan “temir daftar” amaliyoti tufayli bir necha oʻnlab bolalar ushbu operatsiyani bepul oʻtkazish imkoniga ega boʻlgan.
“Samarqand viloyatida 10ta ana shunday operatsiya, butun Respublika boʻyicha 50 ta operatsiya oʻtkazish rejalashtirilgan”, - deydi Koreya Sogʻliqni saqlash vazirligining Oʻzbekistondagi vakili Dyu Uk Jin.
Tugʻma gipospadiya har 300ta boladan birida uchrashi mumkin. Ulardan oʻrtacha 30% murkakkab turdagi tugʻma nuqsonlar rivojlanishiga olib kelishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala