Jamiyat

Velopoyga tufayli Chovoq yoʻnalishida uch kun davomida tushgacha harakat cheklanadi

Velogonka - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.05.2021
Musobaqa tufayli 6,7,8 may kunlari Bektemir – Chirchiq – Gʻazalkent – Chorbogʻ yoʻnalishlarida soat 14:00ga qadar harakat cheklanadi.
TOSHKENT, 5 may — Sputnik. Velosportning shosse yoʻnalishi boʻyicha Oʻzbekiston chempionati oʻtkazilishi munosabati bilan Boʻstonliq tumanida "Bektemir – Chirchiq – Gʻazalkent – Chorbogʻ" avtomobil yoʻlida maʼlum vaqtlarda transport harakati cheklanadi, deb xabar qilmoqda YHXBB.
6 may kuni soat 9:00dan 14:00ga qadar Chorbogʻ avtomobil yoʻlining 34-54 kilometrlari oraligʻi;
7 may kuni soat 9:00dan 14:00ga qadar Toshkent – Chorbogʻ – Chimyon avtomobil yoʻlining 34-71 kilometrlari oraligʻi;
8 may kuni soat 9:00dan 14:00ga qadar Chirchiq shahri – Chirchiq Olimpiya zahiralar kolleji avtomobil yoʻlida transport harakati cheklanishini maʼlum qilamiz.
Velosportning shosse turi boʻyicha Oʻzbekiston chempionatida erkaklar, ayollar hamda 2003-2004 yillarda tugʻilgan yoshlar (qizlar) veloshossening jamoa, kreterium va juftlik poygalari boʻyicha mamlakat chempionligi uchun oʻzaro bellashadi.
Eslatib oʻtamiz, ushbu yilning yanvar oyida Oʻzbekistonda velosport boʻyicha birinchi professional jamoa - “Uzbekistan Cycling Pro Team” tashkil etilishi eʼlon qilingan edi. Jmoa shtab-kvartirasi Sloveniyada joylashgan boʻlib, unga 16 nafar erkak va ayol sportchilar, jumladan Murodjon Xolmurodov va Olga Zabelinskaya kabi professional sportchilar jalb etilishi rejalashtirilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala