Jamiyat

Antirekord: 452 kishida koronavirus aniqlandi, 2 kishi vafot etdi

© Sputnik / Aleksey Mayshev / Fotobankka oʻtishVrach v palate gospitalya dlya bolnыx COVID-19
Vrach v palate gospitalya dlya bolnыx COVID-19 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.05.2021
Oʻzbekistonda yil boshidan beri ilk marta 452 kishida koronavirus aniqlandi, respublika boʻylab koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 93 176 nafarni tashkil qilmoqda.
TOSHKENT, 6 may — Sputnik. Sputnik Oʻzbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat toʻgʻrisida asosiy xabarlarni toʻpladi.
Yana 452 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 93 176 nafarni tashkil qilmoqda.
Yangi holatlar: Qoraqalpogʻiston Respublikasida (8), Andijon viloyatida (5), Buxoro viloyatida (8), Jizzax viloyatida (5), Qashqadaryo viloyatida (5), Navoiy viloyatida (2), Namangan viloyatida (5), Samarqand viloyatida (85), Sirdaryo viloyatida (7), Surxondaryo viloyatida (3), Fargʻona viloyatida (10), Xorazm viloyatida (9), 71 nafari Toshkent viloyatida (71), Toshkent shahrida (229) koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Doniyor Mirazimov, direktor 2-oy infektsionnoy bolnitsы v Zangiote  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.05.2021
Jamiyat
Yoshlar orasida koronavirusga chalinish ikki baravar koʻpaydi - shifokor

Sogʻayish koʻrsatkichi

Respublika boʻylab jami sogʻayganlar soni 88 975 nafarga yetdi. Sogʻayish koʻrsatkichi 96 foiz.
Ayni paytda 3 544 nafar bemorga belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda.

Emlash koʻrsatkichi

1 million 9510 doza vaktsinadan foydalanilib, ularning 32 533 dozasi ikkinchi bosqichda qoʻllanildi.

Oʻlim holatlari

Koronavirusga chalingan 2 nafar bemor vafot etdi, Oʻzbekistonda jami 657 kishi pandemiya qurboni boʻldi.

Dunyo salomatligi

Dunyo boʻylab infektsiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 154,8 milliondan oshdi, 3,2 milliondan ortiq kishi vafot etdi. Eng koʻp holatlar AQShda (32,6 mln), Hindistonda (20,7 mln), Braziliyada (14,9 mln).
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala