Rossiya

Rossiyada “Sputnik Layt” vaktsinasi roʻyxatdan oʻtkazildi

© Sputnik / Pavel Lisitsыn / Fotobankka oʻtishOtkrыtiye punktov vaktsinatsii v torgovыx tsentrax Yekaterinburga
Otkrыtiye punktov vaktsinatsii v torgovыx tsentrax Yekaterinburga - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.05.2021
TOSHKENT, 6 may — Sputnik. Bir komponentli "Sputnik Layt" vaktsinasi roʻyxatdan oʻtdi, uning samaradorligi 79,4 foiz, bu ikki ukolli koʻplab vaktsinalarga qaraganda yuqori. RIA Novosti xabariga asosan.
Xabarda aytilishicha, “Sputnik layt” koronavirusning barcha yangi shtammlarga qarshi samarali hisoblanadi.
“Sputnik Layt” qoʻllangandan soʻng 28 kuni koʻngillilarning 96,9 foizida IgG antigenga xos antinachalar hosil boʻldi. Koronavirusning S-oqsiliga hujayrali immunitet reaktsiyasi 100 % emlanganlarda ugoldan keyingi 10-kunida hosil boʻladi.
Klinicheskiye ispыtaniya vaktsinы Sputnik Layt - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.03.2021
Rossiya
Rossiyada “Sputnik Layt” vaktsinasi roʻyxatdan oʻtkazildi
Shu bilan birga, “Sputnik V” Rossiya Federatsiyasida emlashning asosiy vositasi boʻlib qolmoqda va uning bir komponentli muqobilini chet elga eksport qilish rejalashtirilgan.
18 yoshdan 60 yoshgacha boʻlgan kishilarni bu vaktsina bilan emlash koʻzda tutilmoqda.
“Sputnik Layt” bir komponentli vaktsina Gamaleya nomidagi milliy epidemiologiya va mikrobiologiya ilmiy markazida yaratildi. Rossiya Sogʻliqni saqlash vazirligi joriy yilning yanvar oyida preparatning klinik sinovlarini oʻtkazishga ruxsatnomani berdi.
Klinik sinovning uchinchi bosqichi Rossiya, Birlashgan Arab Amirliklari, Gana va boshqa davlatlarda boʻlib oʻtmoqda, ularda 7 ming kishi qatnashmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala