Madaniyat

Abduhakimov va Bekmambetov Oʻzbekistonda kinoturizmni rivojlantirishga kelishishdi

© Press-slujba Goskomturizma RUzAziz Abduxakimov vstretilsya s kinorejisserom i prodyuserom Timurom Bekmambetovыm
Aziz Abduxakimov vstretilsya s kinorejisserom i prodyuserom Timurom Bekmambetovыm - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.05.2021
Mehmon respublikaning yuqori turistik salohiyati, buyuk qahramonlar obrazlari, tarix va tabiiy kinolokatsiyalarni inobatga olib, yirik kinokompaniyalarni Oʻzbekistonga jalb qilishga turtki beruvchi qator tashabbuslarni taklif qildi.
TOSHKENT, 7 may - Sputnik. Bosh vazir oʻrinbosari, Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov mashhur kinorejissyor va prodyuser Timur Bekmambetovni qabul qildi, deb xabar bermoqda Turizm qoʻmitasi matbuot-xizmati.
Uchrashuvda shuningdek rossiyalik kinorejissyorning turmush oʻrtogʻi – Tatariston Respublikasi prezidentining yordamchisi, RF Jamoatchilik palatasi aʼzosi Nataliya Fishman ishtirok etdi.
Rukovoditel proyekta Kulturnoye naslediye Uzbekistana v sobraniyax mira, predsedatel natsionalnoy assotsiatsii elektronnыx SMI Uzbekistana Firdavs Abluxalikov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.10.2019
Madaniyat
“Oʻzbekkino” Markaziy Osiyoda eng yirik kino suratga olish bazasini yaratishga kirishdi
Xorijiy mehmonlar Oʻzbekiston turizmi va kinematografiyasidagi yirik koʻlamli islohotlar, xususan viza tizimining soddalashtirilishi va turistik biznesni rivojlantirish uchun qulay sharotlar yaratish, "Uzbekistan. Safe travel GUARANTEED" sanitar-epidemiologik xavfsizlik tizimi, kino sohasidagi "Rebate" tizimi, milliy kinoindustriya uchun taqdim etilgan soliq va bojxona preferensiyalariga oid maʼlumotlar bilan tanishtirildi.
Oʻz navbatida, Timur Bekmambetov Oʻzbekistonga tashrifining ilk lahzalaridanoq turizm sohasi rivoji uchun kiritilgan investitsiyalar natijalari yaqqol koʻzga tashlanganini taʼkidlab, mamlakatning sayyohlik va mehmondorchilik yoʻnalishidagi oʻzgarishlarni yuqori baholadi.
Shuningdek u oʻzbek xalqining bagʻrikengligi va oqkoʻngilligini alohida qayd etib, bu jihatlarni filmlarda aks ettirish lozimligiga urgʻu berdi. Kinorejissyor "doʻstlik poyezdi"ni tashkil qilishni taklif qildi, uning fikricha, bu barcha sanʼat namoyondalarini yanada birlashtiradi.
Bizda kino oling - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.10.2020
Infografika
MDHda xorijlik kino kompaniyalarga qancha kompensatsiya toʻlanadi?
Tomonlar Oʻzbekistonda kinoturizmni rivojlantirish istiqbollari boʻyicha fikr almashishdi. Filmlar, seriallar va boshqa kino mahsulotlarini ishlab chiqarish imkonini beruvchi mamlakatning boy tarixiy-madaniy merosi: Marko Poloning yoki Gonsales de Klavixoning Markaziy Osiyoga sayohatlari alohida qayd etildi.
Shu bilan birga, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulugʻbek kabi ulugʻ olimlarimiz hayoti va faoliyatiga toʻxtalib oʻtildi. Amir Temur, Manguberdi kabi tarixiy shaxslar taqdiri hamda Kushon imperiyasi, afsonaviy Aleksandra Oks va A.Makedonskiyning mintaqadagi davri voqealari orqali mintaqaning boy tarixini koʻrsatib berish lozimligi taʼkidlandi. Bundan tashqari, Xoʻja Nasriddin kabi xalq qahramonlarini ham eʼtibordan chetda qoldirilmasligi qoʻshimcha qilindi.
Mehmon respublikaning yuqori turistik salohiyati, buyuk qahramonlar obrazlari, tarix va tabiiy kinolokatsiyalarni inobatga olib, yirik kinokompaniyalarni Oʻzbekistonga jalb qilishga turtki beruvchi qator tashabbuslarni taklif qildi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala