Jamiyat

Davlat va jamoat arbobi Rustam Qosimov vafot etdi

Kasыmov Rustam Sobirovich - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.05.2021
Rustam Sobirovich Qosimovning ogʻir kasallikdan soʻng vafot etgani munosabati bilan marhumning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur taʼziya, hamdardlik bildirilmoqda
TOSHKENT, 7 may - Sputnik. Oʻzbekiston prezidentining Jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik qilish masalalari boʻyicha davlat maslahatchisi Rustam Qosimov 65 yoshida ogʻir xastalikdan soʻng olamdan oʻtdi.
Rustam Sobirovich Qosimov 1956 yilda Toshkent shahrida tugʻilgan.
U 2001-2004 yillarda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri oʻrinbosari, 2004-2008 yillarda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri - 2004-2009 yillarda bosh vazirning fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash va madaniyat masalalari boʻyicha oʻrinbosari boʻlgan. 2009-2011 yillarda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori lavozimida ishlagan, 2011 yilda lavozimni tark etib, pensiyaga chiqqan.
U 2016 yil sentyabrida yana bosh vazir oʻrinbosari, oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri lavozimini egallagan.
2017 yil iyunida Oʻzbekiston prezidenti Davlat maslahatchisi birinchi oʻrinbosari – Tashkiliy-kadr xizmati rahbari – Oʻzbekiston prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi rektori lavozimiga tayinlangan (shu kungacha akademiya rektori edi), 2017 yil noyabr oyi oxirida esa Oʻzbekiston prezidentining Fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash va sportni rivojlantirish masalalari boʻyicha Davlat maslahatchisi etib tayinlangan. 2018 yilda prezidentning jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari boʻyicha maslahatchisi lavozimida ish boshlagan. U 2019 yildan buyon Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasiga ham rektorlik qilib kelayotgandi.
Kun.uz nashrining yozishicha, bundan oldinroq Rustam Qosimov ogʻir kasallik tufayli taʼtilga chiqqani va uning oʻrniga Shoazim Minovarov Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori vazifasini bajara boshlagani haqida xabarlar tarqalgandi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala