Dunyoda

Hindistonga "koronavirus shtormi" yopirildi: mamlakatda nimalar roʻy bermoqda

© AFP 2018 / Diptendu DuttaMujchina iz nepravitelstvennoy organizatsii, odetыy v odejdu, napominayuщuyu koronavirus Covid-19, dvijetsya po rыnku, prizыvaya lyudey soblyudat protokolы bezopasnosti
Mujchina iz nepravitelstvennoy organizatsii, odetыy v odejdu, napominayuщuyu koronavirus Covid-19, dvijetsya po rыnku, prizыvaya lyudey soblyudat protokolы bezopasnosti - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.05.2021
Hindiston hukumatining taʼkidiga koʻra, koronavirusning uchinchi toʻlqini muqarrar, hozirgi mushkul ahvolda esa yangi umummilliy karantin kiritilishi ham istisno etilmayapti
TOSHKENT, 7 may – Sputnik. Hindiston koronavirus kasalligi qayd etilishi boʻyicha rekordlarni yangilashda davom etmoqda, antirekordlar har kuni yangilanmoqda.
Oxirgi sutka davomida mamlakatda 414,4 ming nafar kasallanganlar qayd etilgan, COVID-19ga chalinganlar umumiy soni esa 21,4 milliondan oshgan. Hindiston Sogʻliqni saqlash vazirligi keltirmoqda bu raqamlarni.
Podgotovka pogrebalnыx kostrov vo vremya massovoy krematsii v krematorii v Nyu-Deli, Indiya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.05.2021
Foto
Hindiston dahshati: koronavirusdan vafot etganlarni yoqib ulgurishmayapti - foto
Mahalliy hukumat fikricha, koronavirusning uchinchi toʻlqini roʻy berishi muqarrar, ammo u qachon yuz beradi va oqibatlari qanday boʻladi, hozircha prognoz qilishning imkoni yoʻq.
Hindistonda fevral oyining oʻrtalaridan boshlab kasallanish soni keskin ortishi boshlangan, soʻnggi kunlarda esa mamlakatda qayd etilayotgan virusga chalinish holatlari barcha rekordlarni ortda qoldirmoqda, koronavirusga chalinganlar soni 300 mingdan oshmoqda - bu esa dunyoning istalgan mamlakatidagi koʻrsatkichlardan koʻproqdir.
Jumladan, uch marotaba bu raqam 400 mingdan oshgan.

"Koronavirus shtormi"

Hindiston hukumati bayonotiga koʻra, yuzaga kelgan ahvol tufayli yangi umummilliy karantin kiritilishi mumkin. Hozircha baʼzi shtatlarda harakatlanish boʻyicha cheklovlar amal qilmoqda.
Hindistonda umummilliy karantin oʻtgan yilning mart oyi oxirida kiritilgan va oʻshanda mamlakatda koronavirusga chalinganlar soni atigi 500 nafar edi. Oradan uch oy oʻtib oʻtgach hukumat iqtisodiy faoliyatni qayta tiklashga ruxsat bergan edi.
Doniyor Mirazimov, direktor 2-oy infektsionnoy bolnitsы v Zangiote  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.05.2021
Jamiyat
Yoshlar orasida koronavirusga chalinish ikki baravar koʻpaydi - shifokor
Koronavirus bilan bogʻliq holat tufayli qator mamlakatlar Hindiston bilan oʻzaro parvozlarni bekor qildi, baʼzi joylarda Hindistondan odamlarning kirib kelishi shunchaki taʼqiqlangan yoki fuqarolar tomonidan virus yoʻqligi qayd etilgan test koʻrsatilsada, ular baribir karantinga yuborilmoqda.
Bundan tashqari, chet elliklar Hindistonni tark etishni rejalashtirishgan - jumladan, AQSH davlat departamenti oʻz davlat xizmatchilarining Hindistonni tark etishlarini maʼqullagan, Avstraliya hukumati ham oʻz fuqarolarini olib chiqib ketish uchun maxsus reyslarni tashkil etmoqda.
Mamlakat kasalxonalari toʻlib ketgan, krematoriylar ish hajmiga dosh bera olmay, vafot etganlar tanalari koʻchalarning oʻzida yoqib yuborilmoqda.
Ilgariroq Hindiston bosh vaziri Narendra Modi mamlakatga "koronavirus shtormi" yopirilgani haqida bayonot qilib, barcha fuqarolarni vaktsina olishga daʼvat qilgan, shuningdek, ehtiyotkorlikka amal qilishga chaqirgan edi.
Qator davlatdar, xususan, Rossiya, Oʻzbekiston, AQSH, Buyuk Britaniya, Singapur, BAA, Irlandiya, Tailand, Germaniya, Frantsiya mamlakat hukumatiga oʻz yordamini taklif qilgan.

Vaktsinatsiya bilan bogʻliq holat

Hindistonda ayni vaqtda koronavirusga qarshi vaktsinatsiya jarayoni boʻlib oʻtmoqda. Tibbiyot xodimlari va koronavirusga qarshi kurashda yordam berayotganlar, jumladan, politsiyachilar va favqulodda xizmatlar xodimlari birinchilar qatorida emlanmoqda. Keyingi navbatda yoshi 45dan katta boʻlganlar vaktsina olmoqda, 1 maydan boshlab Hindistonda 18 yoshdan 45 yoshgacha boʻlgan fuqarolar ham vaktsina olishni boshlagan.
Ayni vaqtda Hindistonda 164 milliondan ziyod kishi emlangan, soʻnggi sutka ichida vaktsina olganlar soni 2,3 millionga ortdi.
Hozirda mamlakat koronavirus infektsiyasi qayd etilgan mamlakatlar orasida ikkinchi, oʻlim holatlari qayd etilishi boʻyicha esa dunyoda uchinchi oʻrinda kelmoqda. Ikkala koʻrsatkich boʻyicha dunyoda yetakchi oʻrinda Amerika Qoʻshma Shtatlari turibdi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala