O‘zbekistonda chet tillarini o‘qitish bo‘yicha tizim yangilanadi – Mirziyoyev qarori

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishObuchenie migrantov russkomu yaziku
Obuchenie migrantov russkomu yaziku - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.05.2021
Obuna bo‘lish
Shu maqsadda, Vazirlar Mahkamasi huzurida Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligi tashkil etilmoqda. Agentlik “bog‘cha – maktab – oliy ta’lim – korxona” zanjiri orqali, aholining barcha qatlamiga mos bo‘lgan metodika, tavsiya va darsliklarni ishlab chiqadi.
TOShKENT, 7-may – Sputnik. O‘zbekistonda chet tillarini o‘qitish tizimi takomillashtiriladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida chet tillarini o‘qitish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida aytildi.
O‘zbekistonning ochiqlik siyosati, dunyo bozoriga faol kirib borayotgani, barcha sohalarda xalqaro hamkorlik kengayayotgani xorijiy tillarni bilishga ehtiyojni oshirmoqda.
Lekin, joylardagi ahvol maqsad qilingan katta rejalarga mos emas.

Ta’lim tizimida 2 mingdan ortiq chet tili o‘qituvchisi lavozimi vakant bo‘lib qolmoqda. 1 ming 400 ta maktabda chet tilini o‘qitish sifati mutlaqo qoniqarsiz. Bu tizimdagi o‘qituvchilarning atigi 4 foizi milliy va xalqaro til sertifikatiga ega. Xonobod va Quvasoy shaharlari, Zafarobod, Mirishkor, To‘rtko‘l, Sherobod va Uzun tumanlarida bunday sertifikatli birorta o‘qituvchi yo‘q. Maktablardagi chet tili o‘qituvchilarining 49 foizi testdan o‘ta olmagan.

Yig‘ilishda tizimdagi muammolar atroflicha tahlil qilinib, ustuvor vazifalar belgilandi.
Studenti v auditorii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.03.2018
“Chet tillarni bilish darajasini baholashning Milliy test tizimi” dasturi yaratildi
"Mamlakatimizda xorijiy tillarni o‘rgatish bo‘yicha kelajak uchun mustahkam poydevor bo‘ladigan yangi tizimni yo‘lga qo‘yish vaqti-soati keldi. Biz raqobatdosh davlat qurishni o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘ygan ekanmiz, bundan buyon maktab, litsey, kollej va oliy o‘quv yurti bitiruvchilari kamida 2 ta chet tilini mukammal bilishlari shart. Bu qat’iy talab har bir ta’lim muassasasi rahbari faoliyatining asosiy mezoniga aylanishi lozim", – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Shu maqsadda Vazirlar Mahkamasi huzurida Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligi tashkil etilishi ma’lum qilindi.
Bu Agentlik dunyoda samarali natija bergan o‘qitish metodikalari, dastur va darsliklarini ta’lim tizimida joriy etib, xorijiy tillarni mukammal o‘zlashtirishga ko‘maklashadi. Ta’lim muassasalari, tarmoqlar va hududlarning ehtiyojidan kelib chiqib, kamida 10 ta chet tilini o‘rgatishni tashkillashtiradi.
Kupuri nominalom patdesat tisach sumov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.04.2020
Tibbiyot OTMlarida chet tilini bilgan talabalar stipendiyasiga qo‘shimcha ustama to‘lanadi
Shuningdek, vazirlik, idora va boshqa ish beruvchilar bilan birga, xizmatchilarning kasbiy faoliyatini xorijiy tillarda to‘liq amalga oshirish imkoniyatini beradigan metodikalarni ishlab chiqib, sharoitga moslagan holda, amaliyotga joriy etadi.
Davlat tilidan xorijiy tillarga va xorijiy tillardan davlat tiliga professional tarjima qilish metodikalarini yaratish ham uning asosiy vazifalaridan biri bo‘ladi.
Agentlik xorijiy tillarni bilish reytingini ham yuritadi. Chet tili o‘qituvchilari uchun malaka talablari va baholash mezonlarini ishlab chiqadi hamda malaka toifalarini beradi.
Agentlik “bog‘cha – maktab – oliy ta’lim – korxona” zanjiri orqali, aholining barcha qatlamiga mos bo‘lgan metodika, tavsiya va darsliklarni ishlab chiqadi hamda joriy etadi.
Yangiliklar lentasi
0