Jamiyat

Oʻzbekistonda maxsus komissiya 9 may bayrami boʻyicha yangi qarorni eʼlon qildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovVechnыy ogon
Vechnыy ogon - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.05.2021
TOSHKENT, 7 may – Sputnik. Oʻzbekistonda 9 may kuni maxsus dasturda nazarda tutilmagan boshqa har qanday ommaviy tadbirlarni oʻtkazish taqiqlanadi.
Bu haqda Respublika maxsus komissiyasi axborotida eʼlon qilindi.
“Aholi salomatligini saqlash, mamlakatda epidemiologik vaziyat keskinlashuviga yoʻl qoʻymaslik maqsadida yurtimizda 9 may — Xotira va qadrlash bayrami bilan bogʻliq ommaviy tadbirlarni faqatgina Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 20 apreldagi PQ–5081-son qarori bilan tasdiqlangan 9 may — Xotira va qadrlash kuni, umumxalq bayramiga bagʻishlangan tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish dasturi doirasida karantin talablariga qatʼiy rioya etgan holda amalga oshirish zarur", - deyiladi axborotda.
Vыstavka retro avtomobiley v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.05.2021
Jamiyat
Toshkentda 9 may munosabati bilan retro mashinalar marshi qachon va qayerda boʻlib oʻtadi
Bunda yuqoridagi dasturda nazarda tutilmagan boshqa har qanday ommaviy tadbirlarni oʻtkazish taqiqlanadi.
Ushbu karantin chekloviga rioya etilishi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va mahalliy hokimliklar, Milliy gvardiya, ichki ishlar organlari va boshqa mutasaddi tashkilotlar tomonidan nazorat qilinadi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala